Payshanba, 25.04.2024, 09:30

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2015 » Aprel » 29 » Adasharsiz!
21:22
Adasharsiz!
Menga nima siz hijronni
kuylasangiz,
Özga bog'ning rayhoniga
böylasangiz.
"Unutmaydi meni " deya
öylasangiz,
Adashasiz, men ham bir kun
sizni unitaman.
Sizga aslo taqdir emas taxtli
bölmoq,
Özgalarni baxtsiz qilib, baxtli
bölmoq.
Yana mening sevgimga ham
haqli bölmoq,
Adashasiz, mening sevgim
sizga emas.
Mayli, kulsin gulga tölib
bahoringiz,
Vafo qilsin sizga ösha
vafolingiz.
Göyo sizsiz yasholmayman
hayolingiz,
Adashasiz, men ham sizsiz
yashayaman.
Sizsiz tonglar otmas emish,
röyolarmi,
Tabassumim töldirmoqda
dunyolarni.
Köz yoshimdan yasab
qöymang daryolarni,
Adashasiz, köz yoshlarim
endi oqmas.
Menga nima afsuslarda
kuyasizmi,
Alam bilan bag'ringizni
öyasizmi.
Baxtli kunim qora rangga
böyaysizmi,
Adashasiz, endi men ham
baxtlidurman...
Категория: SmS Sevgi | Просмотров: 572 | Добавил: Admin | Рейтинг: 3.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]