Payshanba, 25.04.2024, 06:01

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Fevral » 18 » ARAZCHIM TEZ QAYTIB KELDI
10:04
ARAZCHIM TEZ QAYTIB KELDI
Arazlagan edi mandan, 
Salgina qovoq uydi. 
Onasini oldiga ketib, 
Arazchim tez qaytib keldi. 

Urish chiqqandi gapdan, 
Kechki ovqat ustidan. 
Ketkandi arazlab mendan, 
Arazchim tez qaytib keldi. 

Jaxli burni ustida doyim, 
Erkalatsang bölar muloyim. 
Hafa bölib ketgan yorim, 
Arazchim tez qaytib keldi. 

Özi ketkan edi yor yor, 
Degan gapga ishondim takror. 
Qovoq uyib ketgan gul yor, 
Arazchim tez qaytib keldi. 

Onasixam men tarafda, 
Ayib senda dep tergap qayta. 
Ketkan qizin xaydapti tezda, 
Arazchim tez qaytib keldi. 

Eshik taq taq etar uch bor, 
Kim u desam? Dedi oching men bu. 
Qaytibtiku oldingidanxam tezroq, 
Arazchim tez qaytib keldi. 

Tez qaytiz tinchlikmi dedim atay, 
G'ashini chiqargim keldi bir bor. 
Ammo bu urinishim böldi bekor, 
Arazchim tez qaytib keldi. 
Ollayorov Muhammad Biloliddin
Категория: SmS Sevgi | Просмотров: 693 | Добавил: akmal | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]