Juma, 29.03.2024, 19:07

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2016 » Avgust » 4 » Ayol Kishi Sinalarmish YO'QCHILIKDA!
22:15
Ayol Kishi Sinalarmish YO'QCHILIKDA!
AAYOL KISHI SINALARMISH YO'QCHILIKDA
Azizlarim, yo'qchilik ham bir sinovdir,
Azizlarim to'qchilik ham bir siylovdir,
Yaxshi yomon kunlar bo'lar turmushdir bu,
Besabrlik yomondir bu, xatodir bu.
Ayol kishi sinalarmish yo'qchilikda.
Erkak kishi sinalarmish to'qchilikda.

Omad kelsa do'stu yoring ko'p bo'ladi,
Omad ketsa bitta dardkash yo'q bo'ladi,
Shundaylar bor yomon kunda tashlab ketar,
Yolg'izlikda yurakkinang cho'g' bo'ladi.
Ayol kishi sinalarmish yo'qchilikda,
Erkak kishi sinalarmish to'qchilikda.

Erkak kishi sinaladi pul topganda,
Ayol kishi sinaladi g'am totganda,
Shundaylar bor oilasin o'ylamayin,
Xiyonatga qo'l urarlar xiyonatga.
Ayol kishi sinalarmish yo'qchilikda,
Erkak kishi sinalarmish to'qchilikda.
Ayol borki borida ham yo'g'ida ham,
Qo'llab turar o'z juftini eng og'ir dam,
Ayol borki bir kun ro'zg'or oqsab qolsa,
Yarim kunga yetishmaydi sabru chidam.
Ayol kishi sinalarmish yo'qchilikda,
Erkak kishi sinalarmish to'qchilikda.

Erkak borki, borida ham yo'g'ida ham,
Qo'llab turar o'z juftini eng og'ir dam,
Erkak borki bir kun davri gullab qolsa,
Suykaladi har uchragan ayolga ham.
Ayol kishi sinalarmish yo'qchilikda,
Erkak kishi sinalarmish to'qchilikda.
Do'stlar shuni istaydiki Ahad Qayum,
Turmush derlar, bir kun yengil, bir kun qiyin,
Kim sevgisin muhabbatin asramasa,
O'z hayotin bir kun barbod qilar tayin.
Ayol kishi sinalarmish yo'qchilikda,
Erkak kishi sinalarmish to'qchilikda.
Azizlarim, yo'qchilik ham bir sinovdir,
Azizlarim to'qchilik ham bir siylovdir,
Yaxshi yomon kunlar bo'lar turmushdir bu,
Besabrlik yomondir bu, xatodir bu.
Ayol kishi sinalarmish yo'qchilikda.
Erkak kishi sinalarmish to'qchilikda.
Категория: SmS Sevgi Voqealari | Просмотров: 908 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]