Payshanba, 25.04.2024, 19:15

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2013 » Dekabr » 17 » CHIROYLI SMS
14:27
CHIROYLI SMS
Senga qarab shodlanar jilg'a,
Qayda bo'lmay sensan hayolim,
Oy husningdan oladi jilva
Ko'nglim sultonisan ayolim

Go'zallikdan shohona saroy
Bezanadi jamoling qumsab
Vasling ajib betakror chiroy
Sensiz jonim yashab bo'lmaydi

Har kech ishdan kelganim mahal
Seni ko'rib ko'nglim xotirjam
Osmondagi mushtariy,zuhal,
Shodligimdan qiladi bayram

Orzularim senla barhayot
Dil torlarim chertsam navosan
Sening bilan go'zal shu hayot
Asl nasli Momo Havosan

Sen tufayli ozoda uyim
Sening birla turmushim obod
"Xalqqa foydam tegsa" - shu o'yim
Sen taqdirdan oliy mukofot

Fotimam deb kerilib yurgum
Vafo qasrin shohiman axir
Muhabbatga berilib yurgum
Umr bo'yi yashaymiz ahil
Категория: SmS Chiroyli So'zlar | Просмотров: 842 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]