Payshanba, 25.04.2024, 14:20

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2013 » Dekabr » 17 » CHIROYLI SMS SHE'RLAR
14:30
CHIROYLI SMS SHE'RLAR
Zulm zanjirlari sanchilib bo'lgan, Sevgi chechaklari yanchilib bo'lgan. Haqorat to'kilgan, Haq dargohida Haqir jandalari titilib bo'lgan. Bir isyon qonlarda yetilib bo'lgan. Osmon eshigini chertgan qo'llarga kishanlar urilgan, chohlar qurilgan. Xiyonat darchasi xiyla ochilgan, Umidlar uzilgan, ahdlar buzilgan. Yuzimni tuproqqa bosaman, vo- ya, zaharlar ichilgan, orlar kechilgan. Ko'ngil g'orat bo'lgan zaminga o'xshar, Qanday javob beray bu qabohatga? Yuragimni qora ilonlar chaqar, Chayon malham qo'yar ko'r jarohatga... Makr to'rlari bu- tepadan tushgan, Yerga qoqilganman: hech turolmayman. nafslar havoga kir nafas qo'shgan, Bir lahza boshimni ko'tarolmayman. Ayt-chi, kuchimmi bu yo ojizligim? "Dod" deyman, bo'g'zimda qotadi faryod. Qayrilib bir zarba bergim keladi, Bir zarb-la barini qilaman barbod. Ulardan qo'rqmayman, bilonihoya, Har on ko'zimga mil tortsa ham sabrim. Seni boqib turgan yuzimni bir dam Sendan o'girishdan qo'rqaman, RABBIM!
Категория: SmS Chiroyli So'zlar | Просмотров: 902 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]