Juma, 29.03.2024, 10:37

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2013 » Dekabr » 17 » CHIROYLI SO'ZLAR
14:25
CHIROYLI SO'ZLAR
Joynamozda yig'lab duo qilar onam... Sog'inchdan onamning qalbida ozor, Bardoshiga beradi tinmayin savol, Ko'zlari yo'limda kutar intizor, Joynamozda yig'lab duo qilar onam Yuzida ma'yuslik so'zlar pinxona, sog'inib sog'inib ketmasam qani Dunyosin ayladim bugun g'amxona, Joynamozda yig'lab duo qilar onam Farzand bo'lib neni ravo ko'rdim senga, Qalbin etdim sog'inch bilan bugun ishg'ol Bolam deya izlab boqar tumonotga, Joynamozda yig'lab duo qilar onam Yoshlik deya surdim bugun davru davron, Bir zum seni eslab ko'zga olmadim yosh Endi bilsam shavqat bilmay o'tar karvon, Joynamozda yig'lab duo qilar onam Endi bildim kelganimni bo'lib nihol, Ulg'aytirding sinovlarni olib boshga Sog'inch bilan yashayapsan bu qanday hol, Joynamozda yig'lab duo qilar onam Qalbiga mahkumdir sog'inchi, bugun Eshikka termular sog'inib zor- zor Birgina so'zimni eshitmoqlik uchun, Joynamozda yig'lab duo qilar onam Eslayman qo'llari boshimni silab, Suyanchig'im tog'im bo'larsan bir kun Bugun Allohimdan diydorni tilab, Joynamozda yig'lab duo qilar onam Qo'llarimdan yetaklab mexrla xar on, Bu dunyo bosdim men ilk qadamlarim, Mexrimga zor bugun ranglari somon Joynamozda yig'lab duo qilar onam Muxabbatga ko'ngil berib yursam xushnud, Onam eslab so'z topolmay etsam sukut, Boshim uzra suzar bugun qora bulut Joynamozda yig'lab duo qilar onam Bu ro'yo dunyolarga ishonib bugun Umr baxsh etmoqda ro'yo, dunyolarim bugun go'yo tun Joynamozda yig'lab duo qilar onam...!
Категория: SmS Chiroyli So'zlar | Просмотров: 916 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]