Chorshanba, 24.04.2024, 06:11

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Yanvar » 2 » Ertaga... qaytarman
17:20
Ertaga... qaytarman
Ertaga... qaytarman
Bilaman!
Ishqimda zoriqib kelasiz.
Kutaman...
Intiqib paytlardan
Hijronda toliqib kelasiz.
Kutaman...
O'tmoqda bu yillar,
Bugunlar qatiga yashirinib,
Umidda notovon ko'ngillar
Bugundan ketolmas og'rinib.
Yig'lashni boshlaydi ko'zlarim,
Yo'q! deyman, -yig'lashga hojat yo'q,
Kiprigim oladi simirib,
Bugundan... ertaga navbat yo'q.
Ertaga... Qaytarman
U paytlar...
Sochimda o'ynaydi zangor nur,
Kutaman...
Ertaga... u qaytar,
Bugun-chi?
Sochimda oppoq dur.
To'kilib ketmoqda kaftimdan
Ertaga eltguvchi duolar.
Dol kabi munkaygan kaftimda ,
Bugunlar qoldirgan hatolar.
Ertaga... Qaytarman
Bilaman!
Vaslimga ichikib kelasiz
Kutaman...
Ertaga ehtimol...
Ertaga kechikib kelasiz!
Просмотров: 673 | Добавил: Jasmin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]