Juma, 26.04.2024, 17:06

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Yanvar » 19 » Haqiqiy sevgi Voqea
21:48
Haqiqiy sevgi Voqea
Bu voqea qishda, 2-3 yil ilgari bo`lgandi
adashmasam. Qish har
yilgidan sovuq keldi, hamma tomonda
qalin qor. O`sha kuni
tongda odatdagidek ishga otlandim. Kun
juda sovuq, ko`chada ham odam kam.
Izg'irin qalin kiyimdan ham o`tib tanaga
igna sanchadigan darajada. Aksiga olib
mashinalar ham
ko`rinmaydi. Yo`l chetida yupun kiyingan
qariyaga ko`zim tushib bunaqa sovuqda
ko`chada
turganligiga hayron qoldim. Tushunarli, u
tilanchilik qilayotgan ekan. Sira
o`xshamaydi tilanchiga. Bu
sovuqda ko`chada odam kamligi mayliyu,
bori ham cho`ntak kovlashga erinadi.
Yonidan
o`tayotib biroz pul tutdim. Ko`zlari juda
g'amgin boqarkan
odamga. Tilanchilik
qilishni istamayotgandek, uyalyotgani
bilinadi. \Rahmat\ dedi zo`rg'a. Hech kimi
yo`qmikana? Qariganda bu ahvolda...
Juda achindim o`shanda shu kabi
odamlarga. Ishim shu kuni tushlikkacha
tugadi. Uyga qaytishda yo`lda ertalabki
cholni ko`rib qoldim. Qiziq, qo`lida bir
dona gul bor edi. Endi qiziquvchanligim
tutib mashinadan tushib qoldim va
cholning ortidan kuzatib ketdim. U
sirpanchiq yo`ldan zo`rg'a yurib borar,
qo`lidagi gulni esa
juda avaylab bag'riga bosib olgandi.
Qabriston tomonga
burilganida yuragim nimanidir sezdi.
Qabrlar qor bilan
qoplangan, chol ularni oralab chetdagi bir
qabr yonida to`xtadi.
Cho`kkalab gulini qabr ustiga qo`ydi.
Boshini egib ancha vaqt shu taxlit turib
qoldi. Uning yig'layotganini sezish mumkin
edi. Iztirobli manzara...
Sezib qolishini istamasamda yaqinroq
bordim. Qabrga kichikroq marmar
o'rnatilgan edi. Xotinining qabri bo`lsa
kerak. Bugun tug'ilgan kuni ekanda. Ajabo
shunga ertalabdan bunaqa qilgan. 7 yil
bo`libdi
o`lganiga. Qabr ustida bir dona qip-qizil
atirgul qordan sovuq qotgandek mayin
titrab turardi. Cholning pichirlayotgan
ovozi quloqlarimga eshitildi: \Bu so`nggi
gul, tez orada yana birga bo`lamiz\...
G'alati b?lib ketdim. So'nggi gul? Bu nima
degani? Nahotki bu ... U bazo'r ?rnidan
turib, kelgan yo'lidan bir-bir ortiga yurib
ketdi. Men biroz u ziyorat qilgan qabr
yonida turib qoldim. \Yana kelibdida...\
Ovoz kelgan tomonga yuzlandim, go'rkov
b?lsa kerak. Menga qaramasdan, qabr
ustida turgan gulga tikilguncha so'zlashda
davom etdi: \U juda yaxshi ko'rardida
rahmatlik ayolini. 40 yildan ziyod birga
baxtli yashashdi. Lekin farzandlari
bo'lmadi. 7 yil oldin esa... 7 yilan beri har
kuni kelardi, issiq kunda ham, sovuq kunda
ham. Yaqinda og'ir betob bo'lib,
kasalxonaga tushib qoldi. Ancha ?rganib
qolganman unga. Kecha kasalxonaga
borsam, doktorlar ahvoli og'irligini
aytishdi. Ehtimol, umrining so'nggi
kunlarini yashayotgandir. Buni qarang,
bugun kasalxonadan qochib ketgan
ko'rinadi. Inson bo'lib, bunaqa muhabbatni
ko'rmagan edim.\ Ko'zimdan yosh chiqib
ketdi. Muhabbat, sadoqat haqida gaplarni
ko'p eshitardim. Shunaqa b?larkanda. Biz
ba'zida oldimizdagi baxtning qadriga
yetmaymiz. Afsus... Afsuslanishdan
boshqa nimayam kelardi qo'limdan?
So`nggi gul? Eh, otaxon haqiqiy qalb
o`lmaydi hecham. Mana shunaqa gul
bo`lib qayta tug'iladi
hali…
Категория: SmS Sevgi Voqealari | Просмотров: 1367 | Добавил: akmal | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]