Juma, 19.04.2024, 18:05

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Mart » 14 » Hayot yo'li
21:42
Hayot yo'li
Farishta insonga savol beribdi:

– Xohlaysanmi senga o‘tgan hayotingni ko‘rsataman?

– Ha, juda ham…

Farishta insonni yuqoriga olib chiqibdi va u o‘z hayot yo‘lini ko‘ribdi; unda ikki juft iz doim yonma-yon ekan.

– Men bilan doim birga yurgan kim edi, deb so‘rabdi inson.

– Bu men edim, debdi farishta, men senga har on hamrohlik qilganman.

– Unda nega ba’zan bir kishining oyoq izlari qolgan? – hayron bo‘libdi inson.

– Unda hayotingdagi eng qiyin paytlardan o‘tayotgan eding…

– Demak, eng qiyin vaqtlarimda sen meni yolg‘iz qoldirgan ekansan-da! Nega!? Qanday qilib!? – insonning jahli chiqibdi.

– Yo‘q, men seni qiyinchiliklardan qo‘limda ko‘tarib o‘tganman…
Категория: SmS Hikoyalar | Просмотров: 739 | Добавил: МаФтУнИчКа | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]