Shanba, 20.04.2024, 18:17

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2015 » Yanvar » 12 » ibrat
13:53
ibrat
Nafsni jilovingga olmoq bo’lsang gar,
Qorning to’ymasidan taomga to’ygil.
Gullarni hidlashdan to’xta birodar,
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!

Ajal o’qi aniq, bir kun yetgusi,
Shoshmasdan, xotirjam halok etgusi,
Otang bor, onang bor – ertan ketgusi…
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!

Bitgan gulzorlaring so’lar ertaga,
Umr kosasi ham to’lar ertaga,
Baland minoralar qular ertaga,
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!

Birov horma demas, tolsang yugurib,
Yordam ham berolmas ahvoling ko’rib,
Mard bo’l-da, o’rningdan bir sapchib turib,
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!

Mayli, ko’chat ekkin ertani ko’zlab,
Mayli hosilin ham totgil yolg’izlab,
Lek qolmayin desang qabrda bo’zlab,
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!

Ko’rding, dosh berolmas, ming-minglab tuzum.
Bir shamol uchirdi barisin yuzin.
Elga suv chiqargan mahaling bir zum.
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!

Duolar tilagan qo’llaring ila,
Elaklar elagan qo’llaring ila,
Ayoling silagan qo’llaring ila
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!

Otan yer chopganda, qarashib yubor
Uning yuragidan yo’qolsin g’ubor.
Shunda ham birodar aytaman takror
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Категория: SmS Ibratli So'zlar | Просмотров: 772 | Добавил: alishox | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]