Juma, 23.02.2024, 08:50

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Fevral » 22 » ILTIJO...
17:35
ILTIJO...
laylak qorman-ku?
Gar tug`ulsam, sizga suyanch
nomus, orman-ku!
Gunoh qilib ulgurmagan
gunohkorman-mu?!
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
Men-ku qo`rqib yig`layapman,
Siz sezmaysiz-mu?!
Yuragingiz silap tursam
his etmaysiz-mu?
Meni Alloh berdi,
ayting voz kechmaysiz-mu?!
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
Nahot diydor nasib etmas
baxti qoraman,
Sizdan bunyod bo`lgan
parcha jigarporaman,
Qo`lingizdan tutib, HAJGA
olib boraman…
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
Ko`zlaringiz ko`rgim kelar,
ona qanchalar…
Bag`ringizda kulgim kelar,
ona qanchalar.
Nahot meni yulib olsa.
temir parchalar?!
Mendan voz kechmang…
Kechmang Onajon!
Категория: SmS Ibratli So'zlar | Просмотров: 609 | Добавил: Jasmin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]