Juma, 26.04.2024, 04:28

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Yanvar » 7 » Iroqlik ayol birdaniga o'n uchta farzandga homilador
21:46
Iroqlik ayol birdaniga o'n uchta farzandga homilador
Yoshi 40 dan sal oshgan iroqlik ayol birdaniga 13 ta farzandga homilador bo'ldi. Buni tibbiy testlar ham tasdiqlamoqda. Ayolning eri Fadxi Al Azauining so'zlariga ko'ra, rafiqasi oxirgi besh yil davomida homilador bo'lmagan, shu bois u 2012 yilda boshqa ayolga uylanishga majbur bo'lgan. Fadxi Al Azauining qayd etishicha, endi u o'n uchta egizakka ega dunyodagi yagona ota bo'lishi mumkin. Qayd etib o'tamiz, bundan oldin ayol ettita farzandni, shu jumladan ikkita egizakni dunyoga keltirgan. Shu bilan birga dastlabki testlar to'rtta homilaning yuragi urmayotganini ham ko'rsatdi. Boshqa embrionlarning holati yaxshi. Ona ham o'zini yaxshi his qilmoqda. Shifokor Miqdam Al Jaburiyning so'zlariga ko'ra, bu homiladorlik tarixida juda kamdan-kam uchraydigan holatdir. "Ammo biz homiladorlikning keyingi bosqichlarida yana bir nechta embrion nobud bo'ladi deb o'ylaymiz, tirik tug'iladiganlari esa juda kichkina bo'ladi”, - deydi u.
Категория: Dunyo Yangiliklari! | Просмотров: 941 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]