Payshanba, 28.03.2024, 23:47

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Mart » 22 » ISTAYMAN
05:51
ISTAYMAN
Muhabbat haqida eng go`zal sherni,
Faqat seni o`ylab bitmoq istagim.
Va uni yurakka, qonga singdirib,
Ko`zlaringa qarab aytmoq istagim.

Men Pushkin emasman, CHo`lpon xam emas,
Lek sevgim ulardan zarra kam emas.
Menga faqat sening mehring bo`lsa, bas,
Bag`ringda dunyodan o`tmoq istagim.

Sen ham beshavqatsan o`zimga o`xshab,
Men esa yonaypman so`zimga o`xshab.
O`sha dil qasrining to`rida yshab,
Boshingda tong bo`lib otmoq istagim.

Bizni bog`lab turgan eng aziz hislar,
Ishqimiz poyidan ungan ildizlar.
Qanchali yiroqda bo`lsin yulduzlar,
Uni qo`llarimda tutmoq istagim.

Rameo`-Juletta muxabbatidek,
Majnun va Laylining sadoqatidek.
Yusuf va Zulayho ibodatidek,
Ishqing lazzatidan totmoq istagim.

Jafolar qilsang gar sinamoq bo`lib,
Vafolar qilmasang bagrimni tilib.
SHoirni chorlasang olisdan turib,
Ortingdan ergashib ketmoq istagim.

Muxabbat xaqidagi eng go`zal sherni,
Faqat seni o`ylab bitmoq istagim.
Va uni yurakka, qonga singdirib,
Ko`zlaringa qarab aytmoq istagim..
Категория: SHOIR_BOLA IJODIDAN | Просмотров: 662 | Добавил: SHoirbola | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]