Chorshanba, 24.04.2024, 04:29

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2013 » Dekabr » 17 » JUDA QIZIQ VOQEA
15:05
JUDA QIZIQ VOQEA
Man sevgan qizimga uylanmaganman sababi
onamga uni oilasi yoqmagan, shuning uchun
mani o’zlariga yoqqan qizga uylantirganlar.
Qarshilik qilmadingmi deyishingiz mumkin.
Sevgim uchun kurashdim ham lekin vaziyat
shu darajaga bordiki yo onamdan voz kechib
sevgilim tanlashim yo bariga qo’l siltab
chimildiqqa kirishim kerak edi.
Xo’rlayvermang mening ham uvolim bor
Bir kuni izimni izlab qolasiz
Qadrim o’tganida ey holi abgor
Ortimdan mung’ayib yeg’lab qolasiz
To’y kuni hamma hodon o’ynab kulardi lekin
mani yuragimda yonimda o’tirgan kelinga
nisbatan Narrat kuchayardi axir mana shu qiz
onamga yoqib qolmaganida man sevganimga
uylanardim. To’yimda hamma kuyovlar kabi
bahtimdan xursand bo’lib o’tirardim. Agar shu
qiz bo’lmaganda…
Ichimga butun boshli elektrostansiyani
quvvatini bersa ham yonmaydigan chiroqqa
o’xshagan qalbim va bugun meni bevafo deb
qarg’ayotgan sevgilimni o’ylab To’y otguncha
zo’rg’a chidadim.
Hamma kiyovlar chimildiqqa muhabbat bilan
kirsa man Chimildiqda mani kutayotgan
kelinchak oldiga Nafrat to’la yuragim bilan
kirdim. Unga nisbatan qalbimda zarra mehr
ham his etmadim. U manga sevgim qotili
bo’lib ko’rinardi.
Ilk kechadayoq xotinimga bor xaqiqatni aytim
onamni qistovi bilan unga uylanganimni,
sevgan qizim borligini va manga umuman
yaqinlashmasligini agar manga yoqishga
urinadigan biror ish qiladigan bo’lsa javobini
berishimni aytim.
Bechora sahargacha tinmay yeg’lab chiqdi. Man
tong otishi bilan Chimildiqdan chiqib kettim.
O’sha tunda bo’lgan suhbatni u hech kimga
aytmadi hatto kelinyanga ham indamagan ekan
(buni keyin bildim)
Xullas ikkimis ham taqdirga ko’nib yashay
boshladik. Onamni qaringdoshlarni va mahalla
kuy oldida er hotin rolini o’ynardigu lekin uy
ichkasida begaonalardak yashardik.
Man uni hammasiga chidoyotganiga hayron
edim… Hamma ishlarni qilardi bechora/ unga
rahmim ham kelardi lekin ko’zlarimga sevgim
qotili bo’lib korinardi. Shu taxlit oradan bir
yil. U hamon jim indamay taqdira ko’nib
yashardi. Men badbaht esa unga nisbatan bir
o’giz shirin so’zimni ham aytmasdim
Bir bir hotirlaysiz qizg’anchiq qizni
Va burchakda ye’glab o’tirgan hisni
Sizni qiynamasmu so’ginchning husni
Men ketgandan so’ng meni izlab qo’lasiz
Bir kuni ishim yuzadan shaxar markazidagi bir
firmaga boriib ishlarimni bitirib o’rtga
qaytayotsam xiyobonda sayr qilayotgan kelin
kuyovga ko’zim tushdi. Kelin kimligi aytsam
hayron bo’lasiz o’sha man sevib ardoqlagan
qiz edi. U shu qadar bahtli ediki buni
ko’zlaridan ham sezsa bo’lardi.
Axir oldida yurgan kuyov o’rnida hozir man
bo’lishim mumkin ediku… agar uyimdagi man
bilan birga yashayotgan xotinim bo’lmaganida
shuna o’ylar bilan to’gri Barga bordim
alamimdan rosa ichdim…
Yarim kechasi g’irt mas holda uyimga keldim…
Hovlida esa onam meni kutib o’tirgan ekanlar.
Ularni ko’zlariga qarolmadim…
- Man sani ko’chada ichib yurishin uchun katta
qilmaganman bilib qo’y b’la agar yana bir
marta shu ho’lda ko’rsam onang yo’q – deb
mani koyi boshladilar…
Kayfim borligimi yo sevganimdan ayrilganim
yo nafrat sabab bilmadim… Umrda birinchi
marta onamga gap qaytardim
- Nima dediz yana ichsan onang yo’q dedizmi ?
Mani mana shu keliningizga uylanishga majbur
qilgan kunizdan boshlab man uchun zarracha
hurmatiz qolmagan. Bugun uni to’yi boldi u
shunaqa bahtli edi ko’rib rosa alam qildi,
mana buningizdan uni nimasi kam edi boyligi
nimasi aytin ?
- Bas qil kelin eshitib qolmasin ?
- U hammasi biladi. Chimildiqqadagi birinchi
kirgan kundan beri biladi. Bilsa ham indamay
yashayabdi…
Onam chidolmadilar mani oldimga kelib
yuzimga tarsaki tortilar.
- Mani urdiza ona mana shu kelinizi deb urdiza
ona – Man alamimga chidolmay Xotimni oldiga
kirdim. Uni xovliga sudrab obchiqib duch
kelgan joyiga ura boshladim
Agar san bo’lmaninda man …….ga uylanardim.
Manam bahtli bo’lardim….. onam mani so’kib
yuzimga urmasdi… agar san onamga yoqib
qolmaninda …
Keyin nima bo’lganini bilmadim. O’zimga
kelganimda melitsyaxonada edim.
O’sha kechasi xotimni urayotganimda onamni
manga kuchlari yetmapdi. Qo’shnilarni
chaqiribdilar. Ular ham zo’rg’a ajratib
olishibdi. Xotinim esa Kasalxonaga olib
ketishyotganda yo’lda jon beribdi…
Man 10 yil qamaldim…
Sekin pichirlaysiz kechir bechoram
Men noshudni suygan xasta devonam
Ko’rsayding holimni ko’r bir parvonam
Lahzalik diydorni istab qolasiz
Bilasizmi 10 yil ichida umuman boshqa odamga
aylandim. " U yog’ ”da juda ko’p narsalarni
qadriga yetishga o’rgandim. O’zimni anglab
yettim aslida man sevgan qiz man uchun hech
kim ekanini Xotinim esa mani asl bahtim
bo’laganini tushundim. Biroq endi kech…
Qaniydi xech bo’lmasa bir lahsa yonimda
paydo bo’lsa undan kechirim so’ragan
bo’lardim...
Xo’rlayvermang titrog’imda tinch yotay
Kelmang titrog’imni sezib qolasiz
Ye’glamang men sizga bashorat aytay
Men ketgandan so’ng meni sevib qolasiz
Qamoqdan qaytganimdan beri Sarvarani Izlab
qo’shig’ini kuniga 100 martalab eshitaman. Bu
qo’shiqda rahmatli xotinimni dardlari borday
tuyuladi menga
Ukam bu xatni vijdon azobida qiynalayotgan,
O’Z BAXTINI QOTILIGA AYLANGAN YIGIT dan
deb qabul qiling….
Hurmatli o’quvchi agar siz ham sevgingizdan
voz kechib ota onangizga yoqqan yigit yoki qiz
bilan turmush qurgan bo’lsangiz. Iltimos
Sevgingizni unitib, yoniggizdagi yoringizga
do’stlik va mehr tuyg’ularini hadya eting…
Ishonamanki mehr va do’stlik tuyg’ulari ustun
bo’lgan oilada sevgi ham tug’iladi...
Категория: SmS Sevgi Voqealari | Просмотров: 826 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]