| Главная » 2014 » Fevral » 6 » "Kechirim so'ramang" 
 
| 13:02  "Kechirim so'ramang" |  | Ko’ngil bir burchakda yig’lar kuyunib, Hayrat og’ushida dil neni tuyar.
 Hijron meni quchib yurar suyunib,
 Kechirim so’ramang jahonim kuyar
 
 Ul go’zal halovat orom bizdamas,
 Nobakor yuragim qayg’uni suyar
 Ayb faqat sizdamas,yo’q-yo’q sizdamas
 Kechirim so’ramang jahonim kuyar
 
 Har banda qismati xatoga to’la,
 Shayton poshsho bo’lib gunohni uyar.
 Yetim hislarimga hamroh,bir yo’la,
 Kechirim so’ramang jahonim kuyar
 
 Ezgu tilaklarni tilayverasiz,
 Kuyuk ko’ksim uni balandga qo’yar.
 Sho’r bosgan peshonam silayverasiz
 Kechirim so’ramang jahonim kuyar
 
 Armon olovining jabri beqiyos,
 Azobli xotira bag’rimni o’yar.
 O’tinib so’rayman sizdan iltimos
 Kechirim so’ramang jahonim kuyar
 |  | Категория: SmS Sevgi | 
Просмотров: 754 | 
Добавил: Шахноза
 | Рейтинг: 0.0/0 |  Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация  | Вход  ] |