Payshanba, 25.04.2024, 22:23

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Fevral » 27 » <<SEVGI QURBONI>> Xayotiy Voqea
00:30
<<SEVGI QURBONI>> Xayotiy Voqea
Yigit va qiz, qizning Guli ismli dugonasi birga
öqishardi. Ular juda qalin döst edilar.
Faqat yigit u-n Lola (qizning ismi)
döstdan-da yaqinroq edi. Uni juda
sevardi. Bu sevgisini hech kim bilmasdi,
öziga ham aytmagandi. Guli bölsa
yigitni yoqtirardi, biroq u ham bu
tuyg'usini birov sezib qolishidan
chöchirdi. Gulining yashirin sevgisini
Lola sezib qoldi. Lola juda kamgap,
mahzun qiz edi. Gulining nega kundan
kun xafaqon bölib boryapsan, degan
savoliga sizlarni öylayapman, bir-
biringizni sevasiz-ku, aytolmaysiz deya
javob berdi. Guli dastlab rad etgan
bölsada, keyin tan oldi. Shu kundan u
yigitning sevgisini qozonishga kirishdi,
bunda Lola unga yordam berardi. Yigit
esa aksincha, kundan-kun Lolani
qattiqroq sevib borardi. Loladagi
özgacha mahzunlik, hayotga teran
qarashlar Azizni uni sevishga majbur
qilardi. Bir kuni Lola undan Guliga
uylanishini söradi. Aziz qattiq ranjidi,
buni qizga bildirolmasdi. Rozi bölmadi.
Lola uning közlariga tik qarab, meni
zarracha yaxshi körsang uni xafa qilma
deb yig'lab turib oldi. Yigit dunyoda
faqat mana shu közlar oldida ojiz edi.
Shu sabab hech narsa demadi. Qizning
rangi tobora sölib boryotganini shu
dardga yöydi. Lola tinmay
qistayvergach biroz vaqt ötib yigit
taqdirga tan berib Guliga uylandi.
"Baribir, u meni sevmaydi. Men u-n u
sevgani b-n baxtli bölsa böldi",- iztirob
ila öylardi yigit. Töydan söng ular Lolani
qaytib körishmadi. U boshqa shaharga
ketganligi ma'lum edi xalos. Bir yil
ötgach yigit uning shaharga qaytib
kelgani, og'ir yurak hastaligidan olamdan
ötganligi haqida xabarni
eshitdi. Hali ham uning ismini yuragidan
öchirolmagandi, tomog'ida eski xotiralar
tosh bölib qadalgandek havo
yetishmasdi unga... Közlari yoshlandi.
Axir jonidan ziyoda sevar edi...
Janozasiga bordi. U yerdan chiqqach
özini Lolaga qaragan xamshiraman deb
tanishtirgan bir qiz unga daftar tutqazdi.
Lolaning kundaligi ekan. Ochdi, 1-
sahifada özining surati, unin ostiga
shunday yozilgan edi: Xasta yuragimning
yolg'iz egasi... Yozuvlarni
varaqladi: 11.09.09. U meni sevadi.
Qarashidan sezyapman. Tentak,
aytmaydi ham. Men ham uni yaxshi
köraman, lekin unga aytmayman.
Chunki men ham tentakman. 16.11.09.
Yuragim sanchyapti. Doktorlar 18 oy
umring qoldi deyishsa juda qörqinchli
bölarkan. Hammasidan yomoni u b-n
birga bölolmaymiz endi. Hali bir-
birimizga aytmagandik ham. Endi
aytilmasdan tugaydi sevgimiz... 7.12.09.
Guli uni sevarkan, bugun sezdim. U juda
yaxshi qiz... 14.04.10. Bugun ularning
töyi böldi. Uning örnida bölib qolishni
juda xohlardim. Rosa yig'ladim. Afsus...
Guli uni baxtli qil, men u-n ham, iltimos.
Faqat... Faqat keyingi hayotimda u
meniki böladi... 3.02.11. Yaqinda bu
azoblar yakun topadi... Yuragim azob ila
uni sörayapti. Sönggi bor uni
körsaydim... Bir martagina... Yigitning
köz oldini yosh qoplab oldi, öqiyolmadi
uyog'ini...
Категория: SmS Sevgi Voqealari | Просмотров: 1136 | Добавил: akmal | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]