| Главная » 2014 » Oktyabr » 15 » Men bugun yeg'ladim! 
 
| 04:05  Men bugun yeg'ladim! |  | Kuz ham kirib keldi qalbim bog’iga
 Gullagan nihollar sarg’ayar to’kilib
 Qora bulutlar qo’nar hayot tog’iga
 Yuragim yig’laydi men unga
 qo’shilib
 Ingraydi oshiq qalb sadosi
 yo’qdur
 O’kinib so’zlaydi bir g’amgin, bir
 kulib
 Yuzimda tabassum dilimda
 cho’qdur
 Yuragim yig’laydi men unga
 qo’shilib
 Urushdim men uni nega
 yig’laysan
 Iltimos bunchalar yig’lama to’lib
 Bechora xo’jangni nega tig’laysan
 Yuragim yig’ladi men-chi qo’shilib
 Nasihatlar tariqdek unga kor
 qilmas
 Doim jufti tomon turar shoshilib
 Biladi taqdir uni unga yor qilmas
 Yuragim yig’laydi men unga
 qo’shilib
 Tong otib kunning botishin kutar
 Bilmadimnega u bunday yo’l tutar
 Menga ham sezdirmay sirini yutar
 Yuragim yig’laydi men unga
 qo’shilib
 Qaydan duchor bo’ldi qalb bu
 baloga
 Yaralangan qush endi uchmoqlik
 bo’lib
 Qanotini yozadi bu keng fazoga
 Yuragim yig’laydi men unga
 qo’shilib
 Shunchaki taslim bo’lgisi kelmas
 Ko’zlarga yig’ilgan sog’inch sizilar
 Ayladi bu hayot zanjirsiz quling
 Yuragim yig’laydi men unga
 qo’shilib
 Odamlar orasida yuribman erkin
 Yurak-chiqar o’kinchiga qarar
 tikilib
 Istamasmu hayotin aylamoq
 sokin
 Men bugun yig’ladim yurak
 qo’shilib
 |  | Просмотров: 611 | 
Добавил: Admin
 | Рейтинг: 0.0/0 |  Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация  | Вход  ] |