Juma, 26.04.2024, 18:56

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2013 » Dekabr » 29 » Mendayin baxtsizni kechirgin, Rabbim.
23:35
Mendayin baxtsizni kechirgin, Rabbim.
Halolni haromdan
farqlay olmasam, Qorani qora deb
ayta olmasam, Gunohligin bilib,
qayta olmasam, Mendayin baxtsizni
kechirgin, Rabbim. Yordam
so’rasalar, qovog’im uysam, Muhtoj
kimsalardan nariroq yursam,
Shayton xizmatiga “labbay” deb
tursam, Mendayin osiyni kechirgin,
Rabbim. Qurbim yetsa hamki Hajga
bormasam, Ro’zador bandangni
xushnud qilmasam, Mo’minlar
dardiga darmon bo’lmasam,
Mendayin noshudni kechirgin,
Rabbim. Sirotni unutdim, dunyoni-
chi yoq, Oxirat g’amini yenganim
ham yoq. Ochni siylamadim, qornim
doim toq, Mendayin ojizni kechirgin,
Rabbim. Solihlar suhbatin izlamadim
ham, Qur’on o’qimadim,
tinglamadim ham, Kechalari turib,
yig’lamadim ham, Mendayin johilni
kechirgin, Rabbim. Dunyo-yu
boylikka hirsim zo’raydi, Birov qarz
so’rasa, ko’zim olaydi. Hisobni
unutib, qalbim toraydi, Mendayin
gumrohni kechirgin, Rabbim. Goho
musibatga sabr qilmadim, O’ylamay
so’z berib, so’zda turmadim,
Faqirlarni to’rga taklif qilmadim,
Mendayin baxtsizni kechirgin,
Rabbim. Ko’zim ochiq, ammo
ko’rmaydi ko’zim, To’g’ri so’zdan
ko’ra ko’p yolg’on so’zim, Bariga
aybdor yolg’iz men o’zim, Mendayin
so’qirni kechirgin, Rabbim.
Просмотров: 561 | Добавил: Jasmin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]