Payshanba, 25.04.2024, 08:50

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » May » 4 » Muhabbat ko'ngilga halovat
05:16
Muhabbat ko'ngilga halovat
Dunyoda hammaning tutgan yo’li bor,
Kimlardir yolg’iz-u, kimning jufti bor.
Barcha totlining ham achchiq ham sho’ri bor,
Sevgida hammasi tumonat, do’stim.
Birov hijronidan kuyadi bugun,
Kimdir razolatdan olay deydi hun.
Sen nolib so’rama: “Bu azob nechun?”
Muhabbatga kerak matonat, do’stim.

Ko’zlarni yuvadi o’rtangan yoshlar,
Gohida ko’ngilga otilar toshlar.
Bo’ysinib egilur ne mag’rur boshlar,
Sevgini anglash ham mahorat, do’stim.

Sevgan muhabbatdan oladi saboq,
Muzlagan yurakni qiladi qo’rqoq.
Sen ham sevib qolsang, hayotga tik boq,
Bilsang, muhabbat ham jasorat, do’stim.

Tunlar uyqularing olib ketadi,
Oshiqni yo yetuk, yo xor etadi.
Ko’zga intizorlik solib ketadi,
Ishq maqtov, gohida haqorat, do’stim.

Sevgining qo’lidan tutgancha mahkam,
Dardli yuragingga so’rasang malham.
Shunda qo’yajaksan birinchi qadam,
Muhabbat – ko’ngilga halovat, do’stim.

Kimlardir sevgidan ichadi sharob,
Kimningdir qalbida tomchilar zardob.
Yana kim uni deb xoru zor, harob,
Muhabbat gohida razolat, do’stim.

Hissiz yuraklarga singdirib mehr,
Ayovsiz yetkazar sinash-chun jabr.
Sevgi g’ururlidir, lek suymas kibr,
Uni tuymoq mushkul bag’oyat, do’stim.
Категория: SmS Sevgi | Просмотров: 571 | Добавил: Шахноза | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]