Shanba, 20.04.2024, 19:07

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2013 » Dekabr » 16 » O'zga yurtning musaffo tongi!
22:26
O'zga yurtning musaffo tongi!
O'zga yurtning musaffo tongi,
Hatto yomg'irlari qalbim ovutmas.
Qancha olislarda bo'lsangiz mendan,
Bu yurak bir on ham sizni unutmas.

Bugun sizni yana sog'indim,
Sog'inchlarim aylandilar ko'z yoshga.
Tangrimdan ko'rmoqlik o'tindim,
Do'st tutindim yana sabru-bardoshga.

Uzoqdasiz mendan, men ham olisda,
O'rtamizda uzun-uzun yo'llar sarson.
Topolmadi yana diydor bu nigohlar,
Bir-biriga intizor bu dillar sarson.
Категория: SmS Do'stlik | Просмотров: 676 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]