Payshanba, 28.03.2024, 14:08

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2013 » Dekabr » 18 » ODNO” sabab!!! (bir ayol iztirobi)
12:15
ODNO” sabab!!! (bir ayol iztirobi)
Bundan 3 yil muqaddam turmushga chiqqandim. Fotihamdan oldin xaddan ziyod sho’x, o’ta qiziquvchan va turli hil farosatsiz odatlarim ham bor edi. Ayniqsa "Odno”ga mukkamdan ketgandim. Ammo to’yga qadar Onajonim mendagi bu hislatlarni ijobiy tomonga o’zgartirdilar. To’y ham bo’ldi, oradan oylarham o’tdi. Turmush o’rtog’im es-hushli, topish- tutishi yaxshi eng muximi farosatli inson. Farzandli bo’ldik, quvonchimiz cheksiz edi. Onalik baxtini quchib farzandimni sekin- asta ulg’aytira boshladim. Umr yo’ldoshim kun bo’yi ishda man esa uyda bolam bilan yolg’iz qolardim. Shu sababli ko’p hollarda zerikish deb atalgan yoqimsiz tuyg’u deyarli kun bo’yi meni tark etmasdi. Xuddi shunday zerikarli kunlarimning birida dugonalarim mehmonga kelishdi. Ularni sog’ingandim shu bois diydorlariga to’yib olish nasib qilganidan quvonib ketdim. Gapdan gap chiqib zerikish mavzusiga borib taqaldi. Ular nega "Odno”ga kirmayapsan, seni "Odno” sog’indi deya xazilomus gaplar aytishdi. Turli hil baxonalarimga qaramayo’sha kuni dugonalarim mani yana "Odno”ga qaytarishdi. Turmush o’rtog’imdan buni sir tutishga qaror qildim. Endi butunlay boshqacha bo’lishini bilgandim. Zerikish mendan uzoqlashgan, dugonalarim, sinfdoshlarim bilan aloqam yana mustaxkamlana boshlagandi. O’ylardimki hayotimga mazmun kirdi, endi boshqalar kabi ovunadiganim bor deb. Biroq bilmabmanki, o’sha kundan boshlab hayotimdagi eng aziz ne’matimdan ayrilishimni. O’sha vaqtlarda yana"Odno”ga mukkamdan keta boshladim. Kun bo’yi "Odno”da o’tirib ba’zan ro’zgo’rdagi muxim yumushlar yodimdan ko’tarilib qolardi. Bularning barchasimani xalokat tomon yaqinlashtirganini bilmay yuraveribman. Kunlarning birida o’sha la’nati "Odno”da butun vujudim sho’ng’ib ketganimdan jonim bolam hayolimdan ko’tarilib qolibdi.U endigina bir yoshni qarshilagan va emaklab, teta poya qilib yurardi. Oradan ko’p o’tmay "Odno”dan chiqib ne ko’z bilan ko`rayki yonimda bolam yo’q. Qidira boshladim, jonim bo’g’zimda.Tashqariga chiqdim va butun hayotimni tubdan o’zgartirib yuborgan mudxish manzaraning guvohi bo’ldim! Endigina yorug’ dunyoga ilk qadamlarini qo’ya boshlagan mittigina farzandim xovlimizdagi xovuzda ko’m-ko’k bir tusga kirib, cho’kib yotardi. Xovuzdan olib chiqib ovozim boricha baqirib yig’lardim. U esa jim!!!… Shifoxonada turmush o’rtog’imga qo’ng’iroq qildimu hushimdan ketdim. Birozdan so’ng o’zimga keldim. Ilk so’zim bolam bo’ldi. Biroq umr yo’ldoshim bag’riga bosib endi farzandimiz yo’q deb yig'laganda butun hayotim ostun-ustun bo’lib ketdi. Ilk farzandimdan ayrildim va bunda umrbod faqatgina o’zimni ayblab yashayman endi. So’zim oxirida to’ydan so’ng "Odno”ga kirgan barcha kelinlardan o’tinib so’rayman. Ogoh bo’ling opalar. Meniko’zlarimdan oqqan yoshlar sizning ham ko’zingizdan oqmasin deb qo’rqaman. Yerlar yutsin o’sha "Odno”ni. Chunki o’sha "Odno” sabab bolam o’ldi…!!!
Категория: SmS Hikoyalar | Просмотров: 722 | Добавил: Admin | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]