Juma, 19.04.2024, 14:35

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Yanvar » 30 » Onajon
09:59
Onajon
Erta tong olisdan esganda shamol.
Eslatdi vatanning iliq taftini.
Do'stimning vatandan kleltirgan noni.
Yodga soldi onamning hilol kaftini.

Esladim yoshlikda yig'laganlarim.
Beg'ubor ko'chada o'ynaganlarim.
Onamning bag'rida quvnaganlarim.
Eslolmadim onanmni shod etganlarim.

Bolajon deyishi yodimga tushdi.
Onajon demabman qalbim uvushdi.
Shumi rahmating degan hayollar quchdi.
Bir ro'molham olmabman yashil yo pushti.

Qushday uchgim keldi onam oldiga.
Poyiga bosh qo'yib yotsam hovlida.
Qalbimda bir chimdim armon qoldida.
Do'stlarim qarzdorman onam oldida.

Onajon qoshizga albat boraman.
Shu kunga yetolmay ko'p ovvoraman.
Siz uchun haliham men yosh bolaman.
Hamisha shundayin bo'lib qolaman.
Категория: SmS Chiroyli So'zlar | Просмотров: 762 | Добавил: Шахноза | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]