Yakshanba, 25.02.2024, 14:02

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Fevral » 27 » ONAJON..!
00:09
ONAJON..!
Dunyolarni senga beray.
Gulzorlardan gullar teray.
Gar istasang jonim beray.
Faqat Ona ko'zingni och.

Insofga ko'p chaqirganding.
Men senga ko'p berdim azob.
Ko'chalarda bo'ldim kazzob.
Uzr Ona ko'zingni och.

Sen gapirsang qo'ying dedim.
O'shanda men uyquda edim.
Ko'zim ochib qadring bildim.
Onajonim ko'zingni och.

Sensiz azoblarda qoldim.
Eshitmadim faryod soldim.
Endi duo qaydan oldim.
Onajonim ko'zingni och.

Yerga tuproq bo'lgim keldi.
Gul bo'lmasdan so'lgim keldi.
O'rningga men o'lgim keldi.
Onajonim ko'zingni och.

Gunohlarni qildim bir-bir.
Qaltirayman endi dir-dir.
Hech bo'lmasa tushumga kir.
Onajonim ko'zingni och.

Ona Onam jonim Onam...
Bugun esa jonsiz Onam...
Категория: SmS Ibratli So'zlar | Просмотров: 647 | Добавил: akmal | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]