Juma, 29.03.2024, 14:09

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2013 » Dekabr » 16 » Onam ekkan rayxonlar
22:46
Onam ekkan rayxonlar
Hovlimizga jannat böyin taratkan Sabolarga ifor tutgan yayratgan Kökdan oyu oftobini qaratgan Borligida malaklarmi nihollar Rizvon ekan rizvon ekan onam ekkan rayxonlar Kapalaklar arimasdi qoshidan Bol arilar ketolmasdi boshidan Unganmidi onamning bardoshidan Oh kaftdagi jannat derdi nihollar Ehson ekan ehson ekan onam ekkan rayxonlar Garchi gul köp bu olamda iforli Qöl chözsang gar ozorligu tikonli Tarovatli muslim kabi iymonli Uni arshdan tushurganmu posbonlar Joxon ekan joxon ekan onam ekkan rayxonlar Har tong turib siypardi gul yuzlarin Erkalagan ona kabi qizlarin Sirdosh bilib aytganmi dard sözlarin Ösha chog'lar neni qilmish bayonlar Doston ekan onam ekkan rayxonlar Boshim qöysam men köksiga onamni Rayxon isi kelar edi chulg'ar edi tanamni Oh u jannat tark etdimi olamni Yaprog'iga yig'lab taqdim marjonlar Fig'on ekan fig'on ekan onam ekkan rayxonlar Ona desam zor titraydi bu jonim Kettimiya bor davlatim jaxonim Mehribon yöq qayda u mehribonim Dardim endi qanday tutay pinxonlar Darmon ekan darmon ekan onam ekkan rayxonlar Sog'inchimga bu dunyoda yöq chora G'arib bog'man bog'bonsiz qalb ming pora Onamsiy men kim böldim bir bechora Tatirmidi menga bu shirin onlar Davron ekan davron ekan onam ekkan rayxonlar Bir kun men ham bu dunyodan ötarman Balkim qölda rayxon bilan ketarman Shunda onam diydoriga yetarman Darkor emas undan özga unvonlar Imkon ekan imkon ekan onam ekkan rayxonlar.
Категория: SmS Chiroyli So'zlar | Просмотров: 1069 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]