Juma, 19.04.2024, 06:52

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Aprel » 14 » Ota bahtiga toyolmaganlar
07:13
Ota bahtiga toyolmaganlar
Ota mehriga to'yolmaganlar...

Ko'rinsada baxtli, kam-ko'stsiz asli,
Rang-barang o'tsada yilning har fasli,
Ko'rsatmay yig'larlar, beozor sasli,
Otasini sog'inib ko'rolmaganlar,
Mehribonin mehriga to'yolmaganlar.

Dardingiz olsada bir dardkash bo'lib,
Ko'zi miltillab boqsada kulib,
Asli har soniya olar o'lib- tirilib,
Otasin har lahzada qumsayotganlar,
Kelmasada mehribonin zor-zor kutganlar.

Otasin tush ko'rgan kun bayramday,
Qumsab yig'lagani tugamas alamday,
Do'st yo'q unga asli zabonsiz qalamday,
Otasini sog'inib alam yutganlar,
Mehribonin mehriga to'ymay o'tganlar.

"Otajon!" deya beozor pichirlab aytarlar,
Mozor borib otasin ko'rolmay qaytarlar,
Qalblarin tun-u kun sog'inch o'rtarlar,
Otasizlik zarbiga dosh berayotganlar,
Har lahza bir o'lib tirilayotganlar.

Gul eltib erinmay padarin qabriga,
Tahsin aytar ba'zan o'zin sabriga,
Ishonmay yasharlar chekkan jabriga,
Otajonin sog'inib ko'rolmaganlar,
Mexribonin vasliga to'yolmaganlar...
Категория: SmS Sevgi | Просмотров: 645 | Добавил: Шахноза | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]