Shanba, 20.04.2024, 16:39

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Mart » 20 » QADAMINGNI O'YLAB BOS INSON!O'QING FAQAT YIG'LAMANG!!!
20:48
QADAMINGNI O'YLAB BOS INSON!O'QING FAQAT YIG'LAMANG!!!
Bundan 12 yil muqaddam ilk bor yig’lab ovozim chidi.Kimlargadir yoqimsiz bir ovoz edi u. Tug’iliwim Onam uchun baxtsizlik niwonasi,otam uchun esa qilingan xatolar mevasiga aylangandi. Mandek bir tawviwdan iloji boricha tezroq xalos bo’liw kerak. Nima qilsa bo’larkin…? O’z qo’llari bilan o’ldirib xarobaga uloqtirsinmi yoki bo’lmasam o’limdan xam azoblisi bolalar uyiga sovg’a qilsinmi…? O’ldiray desa wundoq xam sarxisobsiz gunoxlar sonini ko’paytiriwga arzimaydigan go’dak. Kel yaxwisi xatto ism xam qo’ymay bolalar uyining ostonasida omonat qoldiramiz.Ikki tomon roziligi bilan yomg’irli oqwomda mexribonlik uyining zinalarini ziyorat qildim. O’wanda atiga 20 kunlik norasida edim xolos…! Yuzlarimni yomg’ir tomchisi silab,tug’ilganimdan buyon aliwtirilmagan yo’rgagimni xo’llab,qorong’ulikning sovuq taftidan muzlab yotganimda pewonamga begona bir ayol qaynoq qo’llarini bosdi. Tirikmikan…? Onasi qani bu bechorani…? Naxotki bu go'dak xam ifloslik qurboniga aylangan bo’lsa…? Uni darxol wifokor diydoriga to’ydiriw lozim. Yo’qsa yurtimizdagi laxatlar soni yana bittaga ko’payiwi extimoldan xoli emas.Oq libosli fariwta og’uwida chalajon,o’lim bilan kurawayotgan bolajon. Xali kichkinaku endigina 20 kunlik ona sutidan labchalari baxramand bo’lgan. Kerakli muolajani qildik,tongga qadar umid qilaylik zora nafas oliwda davom etsa. Quyow ufqqa mo’ralab, qorong’ilik atrofni yorug’ilkka omonat qoldirdi. Wu qatorda xayotimni xam…! Yawayapman endi o’lim mandan negadr xafa.Chunki unga yuzlanmay xayot degan tuwunchani avzal ko'rdim. Biroq yawab keta olarmikanman. Chunki ona suti xavodek zarur…! Onam bo’lsa manga sut o’rniga o’limni ravo ko’rib ketdiku. Qornim ochligidan zorlanib yig’ladim. Mexribonlar sut beriwdi,kimnikiligi noma’lum. Ichdim vujudim biroz orom og’usidan sarmast bo’ldi. Wu tariqa tomog’imdan o’tayotgan sut tomchilari kabi oradan kunlar o’ta bowladi.Man rivojlanib ulg’ayiw bosqichini zabt etayotgandim o’wanda. Tilim chiqdi,tiwchalarim dona-dona.Biroq yonimdagi ayollardan qay biri man manga Ona.Bilolmay sarson edim kimni ona deya bag’riga bow qo’yay…? Ularning xar biri mani bolam deya erkalaydi. Naxotki Onalarim wunchalik ko’p bo’lsa…? Biroq otam qani…? Man xam kimnidir adajon deya atay…! Nega uyimiz bunchalar katta ekan..? Buning ustiga begona o’gil qizlar. Ularni aka-singilim desam manga o’xwawmaydiku. Bu xam yetmagandek ba’zilari rus ba’zilari esa o’zbek emasligi aniq.Otam ko’p davlatlarda bo’lganga o’xwaydi. Sekin asta farosatimni izlab topdim…! U aytdiki man o’z uyimda emasman. Unaqada qayerdaman…? Bu yerga kelgan kuning ziyorat qilgan zinalaring yoniga bor. Katta-katta xarflarda qayerda yawayotganligingni yozib qo’yiwgan. Aqlimga bo’ysunib o’wa yozuvni izladim. Topganimda esa ma’nosini tuwunmaydigan so’zlarni o’qiy bowladim. ,,Mexribonlik uyi’’ Ewitiliwi yoqimli ekan…! Balki mexribonlik uyi bo’lgani uchun oq kiyim kiyib yurgan ayollar bizga tinmay mexr beriwar. Biroq ular biz uchun kim…? Biz esa ular uchun. O’zimga bu savolni berganimda 7 baxorlik umr yig’gandim. Bu yowda maktabga chiqarkansan. Ammo maktabim xam o’wa dargox. Panjaralar ortidan atrofga boqardim. Man kabi 7 yowlilar qandaydir ayol qo’lidan tutib qayergadir ketiwardi. Biroq ularni bizga Onalik qiladigan ayollardan biri emas butunlay begona bir ayol yetaklardi.U ayollar kim..? Nima uchun tengdowimni yetaklab qayergadir olib ketayapti. Buning ustiga qo’lida maktab sumkasi. U biz bilan o’qimaydimi…? Uning maktabi aloxidami..? Savollarim sochlarim singari sanoqsiz…! Vaqt esa o’tiwda davom etardi. Fursat sayin farosatim xajmi kengayib tuwunib yetgan tuwunchalarim ortib borardi. Demak manga mexr beroyotgan ayollar xaqiqiy onam emas…! Agar ularning ichidan chiqmagan bo’lsam mani tuqqan ayol qayerda..? Panjarani pisand qilmay ko’chalarga owiqdim.Qaytganimda esa ko’nglim o’ksik ortirganim birgina nom. ,,Yetim’’ Bolachalar o’ynayotgan maydonchada ular bilan do’stlawmoqlikni ixtiyor etgandim. Ammo bir ayol kelib mani xaydab yubordi. ,,Yo’qol bu yerdan yetimcha’’ Uning aytgan uwbu so’zlari yuragimga og’ir botdi. Yana panjara ortiga qaytdim. Bowim egik ko’zlarimda yow. Oq kiyimli mexribonlarimning biridan so’radim. Mani ismim nima…? Doimgidek chaqiriwadigan ismni aytiwdi. ,,Sherzod’’ Biroq bu ism endi man uchun axamiyatsiz edi.Negaki bugun bir ayol mani bowqa nom bilan atadi. Agar ismim Sherzod bo’lsa nima uchun o’wa ayol yetimcha deb atadi. ,,Yetim’’digan ismning ma’nosi nima…? Mexribonim yig’lab yubordi. Negaki xar baloga chidab kelgan metn bardowi mo’ltillagan ko’zchalarimga qarab yetim degan so’zning ma’nosini ko’z yowlarsiz tuwuntib beriwga ojizlik qilardi. O’tmiwim xaqidagi xaqiqatni bilganimda endigina 10 baxorni qarwilagandim. Tuwunganlarimni tuwuntiray… Onam tug’ib tawlab ketgan.Sabab..? Unga kerak bo’lmaganman…! Agar manga muxtojlik sezganida man xozir mexribonlik uyini o’rab turgan panjara ortida bo’lmasdim. Yetim deb Ota onaga kerak bo’lmaganlarni aytiwarkan. Demak man xam o’walar safidaman. Bizlarga mexribonlik qilayotgan oq kiyimli ayollar esa aslida wu dargoxda pewona terlari bilan mexnat qilib maow oladigan mexribonlik uyi xodimalari ekan. Ular biz uchun Ona,biz esa ularning sanoqsiz farzandlari. Demak xaqiqat wulardan iborat. Xo’w aslida kim ekanligimni bilganimdan so’ng nima o’zgardi. Xech nima…! Chunki xaqiqatni o’zgartiriwga ojizman.Pewonamga yetim degan tamg’a bosilgan.Endi butun umr wu tamg’a ostida yawawdan bowqa choram yo’q. Oradan ikki yil o’tdi. Kuni kecha 12 baxorni qarwi oldim. O’rtoqlarim bilan yig’ib yurgan pulimizga muzqaymoq olgani bordik. Navbatda turar ekanmiz biroz uzoqroqda taxminan 10 baxorlar atrofidagi bir qizcha Oyisiga muzqaymoq olib bering dib yalinayotganligiga ko’zim tuwdi. Ayol esa wu yerda tur man xozir chiqaman deb do’konga kirib ketdi.Qiz tomon yaqinlawib qo’limdagi muzqaymoqni unga uzatdim. U esa mamnuniyat bilan tuxfamni qabul etdi.Bordiyu Oyisi kelib qolsa u xam kimligimni eslatib qo’ymasidan ketaqolay deb turgandim,muzqaymoqni tutib ko’ngli taskin topgan o’wa qiz ,,Ismiz nima’’ dib so’rab qoldi. Uning bu savolidan so’ng nima deyiwimni bilmay ortga o’girilib ,,Yetim’’ deb javob berdim xamda yana do’stlarim tomon ravona bo’ldim…! ! ! (qadamiyni o’ylab bos inson ze’ro yetimlar soni kundan-kunga ortib bormoqda)
Категория: SmS Hikoyalar | Просмотров: 1192 | Добавил: Jasmin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]