Juma, 26.04.2024, 23:04

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Fevral » 17 » Qorqib yashayman
08:31
Qorqib yashayman
Nomingizni saqlab hun yuragimda
Bir marta ko’rmoqqa bo’laman intiq.
Sizni izlab turib har qadamimda
Topib olmoqlikdan qo’rqaman qattiq.

Sizsiz o’tgan kunim to’la iztirob,
Sizla yashamoq ham azobdir biroq.
Zor-zor kutganimcha bo’lsam da hunob,
Kelmasligingizni hohladim ko’proq.

Siz – shirin azobim, sog’inchim mangu,
Achchiq so’zingiz ham dardimga malham.
Sizni sevishimni tan olmayman-u,
Ammo ko’zni yumib tonolmayman ham.

Ikki o’t ichida topmasdan to’zim,
Sevgimni tubsiz bir jarga tashlayman.
Sizni so’rab turib tangrimdan o’zim,
Berib qolishidan qo’rqib yashayman
Категория: SmS Sevgi | Просмотров: 623 | Добавил: Шахноза | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]