Chorshanba, 24.04.2024, 20:57

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Yanvar » 4 » SARLOCHIN
13:28
SARLOCHIN
Xar bir uchgan jism sarlochin qushmas
Yozda yoqqan qor xam rostakam qishmas
Yolg`on vadalarga yolg`on xam pishmas
So`zlagan sozlarin qalbiga eshmas.
Soxtalar ichindan qochgil qaro ko`z.

Xar bir tepalikxam tog` deb atalmas
Vatan degan xar kasb vatan parvarmas
Kimdir yonib o`tar kim tutab qo`ymas
Kimningdir qalbida tangrisi bo`lmas
Bilsang bilmagandek o`tgin qaro ko`z.

Orzuyim shod ko`rsam momolarimni
Oppoq yaktaklarda bobolarimni
El shodon tinglasa sadolarimni
Tinglasang alamsiz navolarimni
Salga quchoq ochib kelgin qaro ko`z.

Otingni benomlik chavandozga ber
Sozingni qalbi pok navosozga ber
Duoni elu-yurt o`g`il-qizga ber
Vadani vadani xaqqa ber o`zni o`zga ber
Ushbu nasixatim bilgin qaro ko`z.
Категория: SmS Vatan | Просмотров: 884 | Добавил: Jasmin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]