Payshanba, 25.04.2024, 20:37

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Aprel » 16 » Sen uchun emas
05:19
Sen uchun emas
Izlamayman atrofdan men seni aslo
Tanlading sen o’zgani, nega menimas
Mayli umrim o’tkazay men sensiz tanho
Yoshlanayotgan ko’zlarim sen uchun emas.
To’g’ri baho berolmading tuyg’ularimga
Bitayotgan satrlarim endi sengamas
Sababchi ham emassan qayg’ularimga
Yig’layotgan yuragim sen uchun emas
Azob edi sog’inch qalbni ezgan damlarda
Yolvorardim kecha kunduz qolmaslik yolg’iz
Qoldi bugun sevgim mening zor alamlarda
Xuvillagan qalbim mening sen uchun emas
Endi senga, ko’zlaringga parvo qilmayman
Titrayotgan ruhimga-da rahmim ham kelmas
Seni deya men ko’ksimni ortiq tilmayman
Mening telba hayollarim sen uchun emas
Men telbaman, bag’ritoshman o’zim yashayman
Ishq bog’ida sayr qilish menga kerakmas
O’zim uchun baxt kalitin o’zim yasayman
Baxt qasrining shahzodasi sen uchun emas
Qizg’onmayman endi seni also, hech qachon
Iforlaring qizg’onmayman, hech ishim bo’lmas
Yulduzimsiz qolsa hamki, yorug’dir osmon
Rashk qiluvchi nozik xilqat sen uchun emas
Tilimda faqat bir so’z ,,Sen uchun emas”
Alam ila haqiqatni tan olgim kelmas
Har qadamda yuzma-yuzdir menga haqiqat
Chunki, jonim sensiz hayot men uchun emas
Категория: SmS Sevgi | Просмотров: 626 | Добавил: Шахноза | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]