Shanba, 20.04.2024, 18:04

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » May » 2 » SENI KO`RSAM
23:06
SENI KO`RSAM
Seni ko`rsam, qalbim uyg`onar,
Seni ko`rsam, ko`zim quvonar.
Gar kelmasang, dilim og`rinar,
Gar kelmasang, ko`zim sog`inar.

Seni ko`rsam, o`zgarib qolib,
Seni ko`rsam, quvonchga to`lib.
Gar kelmasang, telba bo`laman,
Gar kelmasang, g`amga to`laman.

Ko`zlaringa ko`zlarim tushsa,
Xayl ko`kka qush kabi uchsa.
Birga uchsak ishq osmonida,
Ishq mayidan dil qonib ichsa.

Kuylaganda ynib qizil gul,
Dil qonimni eslatar nuqul.
Seni ko`rsam, dil tipirchilab,
Seni ko`rsam, ynaman butkul.

Extirosim jilovlolmay xech,
Aytay senga bo`lavergum duch.
O sevgilimbag`ringa shoshilsam,
Yo`q, qo`yvorma, devonam deb quch.

Sog`nchingdan majrux ado dil,
Sen malika, senga gado dil.
Seni ko`rsam, o`zing bosolmay,
Talpinadi senga shaydo dil...

Seni ko`rsam, qalbim og`rinar,
Seni ko`rsam, ko`zim quvonar.
Gar kelmasan, dilim og`rinar,
Gar kelmasan, ko`zim sog`inar....

{_SHOIRBOLA_}
Категория: SHOIR_BOLA IJODIDAN | Просмотров: 724 | Добавил: SHoirbola | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]