Payshanba, 25.04.2024, 22:01

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Dekabr » 13 » Sevaman
04:04
Sevaman
Sevaman yonigga borolmay,
Ko’nglimni bir bora yorolmay ,
Hattoki ko’zingga qarolmay,
Sevaman o’zimdan qizgo’nib,

Ko’z yumsam ko’raman jamoling,
Hayoldan qo’ymayman hayoling,
Bo’layin kel sening hayoting,
Sevaman o’zimdan qizg’onib,

Sensiz bu dunyolar menga tor,
Yonimda bo’lsang men baxtiyor,
Sevgimni qilolmay men izxor,
Sevaman o’zimdan qizg’onib,

Hayolsan bu dilim ovunchi,
Olissan ko’nlimning sog’inchi,
Sen o’zing hayotim quvonchi ,
Sevaman yoningda sog’inib.

Ko’zlarim intizor yo’lingda,
Gadoman ishq degan cho’lingda,
Jon beray kel mayli qo’lingda,
Sevaman sog’inchim sog’inib.

Armonsan sen menga qayg’usan,
Ko’zlarim sog’ingan kulgusan,
Qalbimda asragan tuyg’usan,
Sevaman o’zimga berkinib,

O’yinchoq ayladi bu taqdir,
Yarolar bo’ldiku bu bag’ir,
Men seni baribir, baribir,
Sevaman soyangdan qizg’onib,

Baxt nima? men uchun o’zignda,
Yasharman shu kulgan ko’zingda,
Mehrni sezaman so’zingda,
Sevaman mehringga to’ymasdan,

Olissan bir umir yetolmay,
Soyangman bir zumga ketolmay,
Hayoting sira tark etolmay,
Sevaman...
Категория: SmS Sevgi | Просмотров: 735 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]