Juma, 26.04.2024, 19:06

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2013 » Dekabr » 15 » SEVGI SHER
01:48
SEVGI SHER
Hayol chashmasi ham
guldan
yiroqlab,
Mayli holim hech kim
ko'rmas
so'roqlab,
Isming tilga olib, yurak
titroqlab,
Menga shuni o'zi bas, o'zi
kifoya...
Qaylarda, qay zamon, qaysi
makonda,
Baxtdan gullar unib, shodon
suronda,
Meni eslasang gar bir ajib
onda...
Menga shuni o'zi bas, o'zi
kifoya...
Tunlaringni quvonch
allalaganda,
Mayin sabo seni
erkalaganda,
Entikib dunyodan ishq
gullaganda...
Menga shuni o'zi bas, o'zi
kifoya...
Ko'zlaring jilvasi tunda
yulduzlar,
Armonda qolar ular izlab
kunduzlar,
Bahorni sog'inib sensiz bu
kuzlar,
Menga shuni o'zi bas, o'zi
kifoya...
Uzoqdan shivirlab bir so'zni
aytdim,
Ayrildim, go'yoki foniydan
qaytdim,
Qo'limda gullarim yoshdan
sarg'aytdim,
Menga shuni o'zi bas, o'zi
kifoya...
Bilaman ne uchun tunlarim
bedor,
Rohat yo'q mashaqqat
chekmasdan bir bor,
Yaxshiyam shu ko'zlar,
senday
sevgim bor,
Menga shuni o'zi bas, o'zi
kifoya...
Категория: SmS Sevgi | Просмотров: 666 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]