Juma, 26.04.2024, 17:58

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Fevral » 28 » Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon!
13:20
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon!
Sochim qarosida 
tunyashiringan, 
Ko‘nglim burjlarida kun yashiringan. 
Yurak mehrobida kim yashiringan, 
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon! 
Ket, desam ketmaydi, kel, desam 
kelmas, 
Menda ekanligin o‘zi ham bilmas. 
Yurakni ipakdek titishni qo‘ymas, 
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon! 
Xayollarimni bir zum tinch qo’ymas, 
Sog’intirib, hech ozodlik bermas, 
Ko’ngilginam hech qaytarib bermas, 
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon! 
U bir o‘g‘ri kabi, yo‘qdir ori ham, 
Nola qilur ko‘ngil, yetmas zori ham. 
Endi kor qilmaydi o‘tkir dori ham, 
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon! 
Men mag‘lub, u esa g‘olib ketadi, 
Bir kuni meni ham olib ketadi. 
Uyingiz huvillab qolib ketadi, 
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon! 
Yurak mehrobida kim yashiringan, 
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon!
Категория: Onajonlar Xaqida | Просмотров: 825 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]