Shanba, 27.04.2024, 07:17

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Fevral » 1 » SmS Sevgi
06:16
SmS Sevgi
Keting, Sizga ehtiyojim yo’q.
Sevib bo’ldim Sizsiz o’limni
Yana ming yil yashasangiz ham,
Tushunmaysiz mening ko’nglimni.
Kutmang, Sizga bermayman ortiq,
Umrimning bir lahzasini ham,
Yuragimni yulib tashlayman,
Azoblarga topaman chidam!

Hechqisi yo’q, Yashab ketaman!
Sizdan yorug’, Sizdan balandroq,
Nasib ekan so’ngsiz o’limni
Tirik vujud bilan ko’tarmoq.

Qoldirmoqqa urinmang, illo,
Boqmang ilhaq, intiq, g’amangiz.
Menga behad yolg’on tuyular,
Ishqqa o’xshab ketgan ta’mangiz.

Nima qilay, Shunday oshiqman,
Tabiatan va yoki dilan:
Sevsam juda qattiq sevaman,
Ruhim, jismim, hayotim bilan!

Nomingizga qo’shilib o’sdim,
Har kun, Har tun mahrum va badar.
Men Sizniki bo’lib yashadim,
Bilsangiz, to shu kunga qadar!

Ammo bildim. Siz butkul boshqa!
Buloqdirsiz – sokin va beg’am.
Anglamaysiz, bir kuni aytmay,
Poyingizda suvsab o’lsam ham.

Yo’q, bu ishqni ko’tarolmaysiz,
Sizni ezar tahqir va ta’qiq.
Bu dunyoda eng go’zal sevgi,
Hamisha xor, mahkum, mustahiq!

Keting, Sizga ehtiyojim yo’q!
Sevsam endi sevgum O’limni.
Yana ming yil yashasangiz ham
Tushunmaysiz, afsus, ko’nglimni… ♥
Категория: SmS Sevgi | Просмотров: 593 | Добавил: Шахноза | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]