Juma, 26.04.2024, 17:26

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Yanvar » 30 » SmS Sevgi baht tilashdan ozga chora yoq
12:04
SmS Sevgi baht tilashdan ozga chora yoq
Xayollaring bir kun tark etar!
Sen qaydanam bilarding dardim.
Shuncha kuydim ishqingda, yetar.
To'ydim netay? tugadi sabrim.
************
Qiynoqlaringga chidolmayman.
Ortiq yo'qdir mening bardoshim..!
Seni balki unutolmayman,
Ey bevafo, ey bag'ritoshim.

Afsusdaman, nadomatdaman!
Ko'ngil qo'ygan o'zimman axir.
Yuragim voz kechmaydi sendan,
Qismat ekan, ekan-da taqdir.
************
O'zga qo'llar gul tutsa senga!
Sen baxtiyor, men bedor edim.
,,Xayr'' deb ham ketmading menga,
So'zlaringga qancha zor edim.
************
Armon bo'lgan yolg'on sevgingdan,
Dilimda bir ketmas dog' qolar.
Tanam tonar tobora jondan...
Oshiq yurak o'tlarda yonar.
************
Menga orzu edi visoling.
So'zlaringdan ko'nglim edi to'q.
Endi o'zga yoningda yoring,
Baxt tilashdan o'zga choram yo'q!
Категория: SmS Sevgi | Просмотров: 753 | Добавил: Шахноза | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]