Chorshanba, 24.04.2024, 15:06

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Dekabr » 13 » Suymaganni suyma
00:20
Suymaganni suyma
Dil berib yursanggu boqmasa qiyo,
Alamlar hayotdan to'ydirar ekan.
Mayli go'zal bo'lsin mayli hurliqo,
Suymaganni suyma kuydirar ekan.

Dengizlar oqmaydi soyga baribir,
Holing o'sha qoshi yoyga baribir,
Qo'ling yetmaydi-yu oyga baribir,
Suymaganni suyma kuydirar ekan.

Kelmaydi yo'lini poylab netarsan,
Dilingga suratin joylab netarsan,
Men kafil bir umr kutib o'tarsan,
Suymaganni suyma kuydirar ekan.

Ming asr aylanib toqqiz sayyora,
Quyoshga yetolmay hanuz ovvora,
O'zingni yeb ado qilma tobora,
Suymaganni suyma kuydirar ekan.

Muhabbatla boqmas nigohi qara,
Bir marta uning ham ko'nglini so'ra,
Senga bir do'stona maslahat jo'ra,
Suymaganni suyma kuydirar ekan.
Tegib ketsa alam o'ldirar ekan.
Категория: SmS Sevgi | Просмотров: 725 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]