Payshanba, 25.04.2024, 15:14

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2016 » Avgust » 4 » Xayrli tun jonim
22:25
Xayrli tun jonim
Xayrli tun jonim
Sevgilim, bu oqshom go'zal xayol sur,
Xayol kemasida olib ketay yur,
Baxtning og'ushida yum ko'zlaringni,
Xayrli tun jonim, shirin tushlar ko'r.

Men uchun hammadan keragim o'zing,
Jonimni davolar har bitta so'zing,
Hatto uxlaganda chiroyli ko'zing,
Xayrli tun jonim, shirin tushlar ko'r.

Mening gulyoshligim bo'lsin deb obod,
Seni jonim menga uchratdi hayot,
Hatto uyqungda ham meni o'ylab yot,
Xayrli tun jonim, shirin tushlar ko'r.

Orom ol, eng go'zal tuyg'ular bilan,
Xayrlashgin jonim qayg'ular bilan,
Uyg'ongin eng shirin orzular bilan,
Xayrli tun jonim, shirin tushlar ko'r.
Категория: SmS Chiroyli So'zlar | Просмотров: 5559 | Добавил: Admin | Рейтинг: 3.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]