Juma, 26.04.2024, 12:40

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2013 » Dekabr » 18 » Yangi yil tabrigi
20:43
Yangi yil tabrigi
Kimdir intildi orzusi tomon
Kimgadir orzular bo'lganda armon
Yana kimlar uchun bo'lib poyqadam
Kimlargadir omad bo'ldi har qadam
Kimlar intildi o'z baxti tomon
Kimdir baxtidan yurak bag'ri qon
Hayot yo'llarida bo'lganda sarson
Zarradek baxtin izlagan zamon
Hayot daftarin hotiralar ila
To'ldirarmiz ko'zlarda quvonch
Kimda yaxshi kimda aksincha
Yetaklar bizni dildagi ishonch
Mazmun to'la umrimizning
O'tmoqdadir yana bir yili
Yangi yilga bo'lib poydevor
Ketmoqdadir yana bir yili
Bizni chorlar orzular hamon
Nur to'ldirib mehrli dilga
Kel do'stim kelajak tomon
Qadam qo'yaylik yana bir yilga
Категория: SmS Yanggi Yil | Просмотров: 2182 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]