Shanba, 20.04.2024, 20:03

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Mart » 11 » Yulduz Usmonova -ONAJON dardingiz o'zim olay.
22:29
Yulduz Usmonova -ONAJON dardingiz o'zim olay.
Dunyoda eng toza so'zni qidirib
Onamning dardiga shifo so'radim,
Yuzimdan ko'zimning yoshin sidirib
Onamning dardiga shifo so'radim.

Tiz cho'kdim eng avval yolg'iz xudoga
Dard bergan qodirdir o'zi davoga,
Yolvordim yana MOMO havoga
Onamning dardiga shifo so'radim.

Onajon-Onajon dardingiz o'zim olay
Makka-yu Madinamsiz,
Onajon-Onajon dardingiz o'zim olay
Dunyoda borlig'im siz mening.

Tangriga yaqinsiz oyu yulduzlar
Xar bemor erta tong quyoshni ko'zlar,
Bo'g'zimga qabardi nolayu bo'zlar
Onamning dardiga shifo so'radim.

Bulbullar bir nafas gulni unuting
Dunyoda bor gulni Tangriga tuting
Bizdaylarga jo'r bo'ling, dodiga yeting
Onamning dardiga shifo so'radim!!!
Категория: Qo'shiq matni | Просмотров: 2901 | Добавил: Jasmin | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]