Dushanba, 18.02.2019, 20:56

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Dekabr » 13 » Yur ko'klarga uchamiz!
04:13
Yur ko'klarga uchamiz!
Yur, ko'klarga uchamiz,
Oymomoni quchamiz.
Chaqmoq bo'lib, o't bo'lib,
Olamga nur sochamiz.

Ko'ngillarni yoritib,
G'amlarini quvamiz.
Ko'z yoshlarni aritib,
Baxt shahrini quramiz.

Kel, dunyoni kezamiz,
Bizga yo'llar muntazir.
Kel, hammadan o'zamiz,
Galimiz kelgan axir.

To'xtab qolma yuragim,
Chekinmagin ortga hech.
Keldi go'zal zamona,
Baxt iqbolga quchoq och.

Oltin zamon, bu zamon,
Yorqin zamon, buzamon.
Ezgu maqsadlar uchun,
Yonib yashaylik har on.

Jismimiz kuchga to'la,
Imkonni boy bermaylik.
Yoshlik o'tib ketsa gar,
Afsus qilib yurmaylik.

Yur, cho'qqiga chiqamiz,
Kuchimizning borida.
Do'stlarga qo'l siltaymiz,
Buni ham gashti bor-da.

Turli bohona izlab,
Nolimagin, ey yurak.
Oqqush kabi ozodmiz,
Bizga yana ne kerak?

Jimjit-jit yashash yashashmi?
Yurt uchun nedir qilaylik.
Faxr, iftixor bo'lib,
Yuraklarda qolaylik.

Yur,ko'klarga uchamiz,
Oymomoni quchamiz.
Chaqmoq bo'lib, o't bo'lib,
Olamga nur sochamiz.
Категория: SmS Sevgi | Просмотров: 322 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]