Shanba, 20.04.2024, 13:33

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Dekabr » 16 » Yurak..
22:51
Yurak..
Yurak,bunchalar nega,
Xayollarga berilding?
Qaysi sarob hislarning,
Tuzog'iga ilinding?

To'lg'onasan kapalak
To'rga tushib qolganday.
Xezlanasan qafasga
O'zin urgan arslonday.

Shamollar mayin kulsa,
Jon qulog'ing tutasan.
Oy jilmayib qarasa,
Joningdan ham kechasan.

Kimga oshiq bo'lgansan?
Kimni intiq kutasan?
Kimga mehring berishni,
Hatto o'zing bilmaysan.

Qo'l ushlashib oshiqlar,
O'tib qolsa yoningdan.
Xo'rliging qilib fig'on,
O'tib ketar joningdan.

Yurak, ey asir yurak,
Nega sening iching ziq?
Nechun siniq ahvoling?
Nega halovating yo'q?

Nechun mudom mehr-chun,
Ilhaq ko'zing tikasan?
Nega sarob sevgiga,
Umid bog'lab kutasan?

Bilgin,sevgi bog'ining,
Endi sen-chun berk yo'li.
Endi tatimas sira,
ko'ngling uchun ishq guli.

Chunki kuzda hech zamon,
Daraxtlar gul ochmagan.
Quyosh tunda charaqlab,
Nurlarini sochmagan.

Izlaganing yerda yo'q,
Xom xayolga berilma.
Bebaho tuyg'ularing,
Shamollarga sovurma.

Ilohiy tuyg'ulardan,
Zavqlanib sen najod kut.
Senga shunday hislardan,
So'z ochayin quloq tut.

Biri Vatan ishqidir,
Chin dillarda barq urgan.
Shu bebaho ishq uchun,
Qodiriylar jon bergan.

Eng buyugi Ollohning,
Muborak,chin, sevgisi.
Bu iwqqa loyiq dillar,
Mangu baxtni ko'rgusi.

Ularning sevgisiga,
Yetishmoqqa et jur'at.
Ularning muhabbati,
Hayol emas haqiqat.

Unga mehring bog'lagin,
Yoril,o'l bu ishq uchun.
Joning to'shab poyiga,
Shahid bo'l bu ishq uchun.
***
Yig'lamagin, qo'y, erkam,
Hali baxtga to'lasan.
Suygung bilan samoda,
Qo'l ushlashib yurasan,
So'lim bog'ni kezasan
Категория: SmS Sevgi | Просмотров: 739 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]