Chorshanba, 17.04.2024, 03:45

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Yanvar » 19 » Ayriliq voqea qiziq!
22:45
Ayriliq voqea qiziq!
Nigina yo'lda ketib borarkan,
bekat yonida sikripkada kuy
chalib o'tirgan kishiga ko'zi
tushdi... 7-dekabr 2010-yil
shoshib mashina yo'lidan o'tib
ketayotganda uzoqdan
kelayotgan avtomobilni ko'rmay
qoldi. Yurak urushi tezlashib,
ko'zini yumdi... Soniyalardan
so'ng ko'zlarini ochdi, uni bir
yigit qutqarib qolgandi. Nigina
ko'zlarida yosh, unga
minnatdorchilik bildirardi. Ular
shu kundan do'stlashib qolishdi.
Yigitning ismi Abror edi va shu
kuni uning tug'ilgan kuni edi.
Ularning oralarida sir bo'lmas,
bir-birlari bilan suxbat qurib,
hech zerkishmasdi. Abror
Niginaning beg'uborligidan
quvonardi, uni yo'qotishdan
qo'rqardi, uni sevardi. Ularning
uchrashuv joylari shu bekat,
mana shu kuy ostida edi. Ilk bor
shu yerga kelishganida ham shu
kuy yangrar edi. Vaqt o'tib,
Nigina ham uni sevishini
angladi... 7-sentabr 2011- yil
tanishishganiga 10 oy
bo'ganida uchrashishdi, yana
shu kuy va yana shu bekat. Bir
birlariga dil izhori qilishdi. Ular
juda xursand edilar. Shu payt
Abrorning ko'ksida og'riq turdi.
Nigina ko'rmasligi uchun unga
jilmayardi. "Ey, Xudoyim, o'zing
sharmanda qilma, so'nggi bora
to'yib olay" derdi. Nigina buni
sezmas, nimalarnidir gapirardi...
Abror behol yerga yiqildi...Nigina
uni shifoxonaga olib bordi.
Abrorni "reanimatsiya"
bo'limiga olib kirib ketishdi. Bir
ozdan so'ng shifokorlar chiqib,
Niginaga kirishini aytishdi.
Nigina kirdi, ko'zlarida hayrat va
yosh... Abror unga tikilib "Nigina
yashagim kelyapti, sen uchun,
beg'uborim baxtli bo'l" deb
qo'liga xat tutqazdi. Nigina xatni
ochdi "Urib tursang edi hasta
yuragim, Niginam qo'lidan dadil
tutardim..." Nigina chiday olmadi
so'zsiz yig'lab Abrorga tikildi.
Ammo Abrorning ko'zlari
yumuq edi... 7-dekabr 2011-yil
Abrorning tug'ilgan kuni, uni
yo'qotganiga 3 oy bo'ldi. Uning
qabridan qaytar ekan, uni
tabrikladi, qabriga gullar qo'ydi.
Endi Nigina tanish bekat, tanish
kuy oldida turardi. Mayin
jilmaydi va mashina yo'liga
chiqdi. Uzoqdan avtomobil
katta
tezlikda kelardi... Bu safar
Niginada qo'rquv emas, yuzida
mayin tabassum bor edi...
Категория: SmS Sevgi Voqealari | Просмотров: 985 | Добавил: akmal | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Jasmin   (21.01.2014 01:43) [Материал]
ХАЁТДА ХАММА НАРСА БУЛИШИ МУМКИН.ТАКДИРДАН КОЧИБ КУТИЛИБ БУМИДИ...АФСУС...КИМГАДИР ЭРТА КИМГАДИР КЕЧ...УЛИМ ХАК.
НАРИГИ ДУНЁДА БИРГА БУЛИШГАНДИР...ЖОЙЛАРИ ЖАННАТ БУСИН...