Shanba, 20.04.2024, 10:03

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Mart » 14 » Dadam tushimga kirdi...(qayg'uli dramma...)
21:59
Dadam tushimga kirdi...(qayg'uli dramma...)
Qorong'u tun og'ushida,o'yga cho'mib uxladim,
Tushimda uyimizga,tuman odamlar ko'rdim.
Hovlida turar tobut,qizg'ish parda o'ralgan,
Uyimizning atrofida,odamlar ko'p yig'ilgan.

Ko'zim tushdi opamga,qo'llari osmon quchar,
Yonida singlim yana,onamlar faryod solar.
Tomog'imda qurib suv,bir dam yo'talib qoldim,
Orqamga o'girilsam,xassakashdir bir akam.

Yoniga borib asta,so'zlay desam tilim yo'q,
Nolam ichimga qaytib,gapirishga xolim yo'q.
Uy ichiga bo'yladim,ne bo'lganin bilolmay,
Oyog'im tortmay qoldi,ichkariga kirolmay.

Qo'l uzatib ushladim,eshikning bir chetini,
Tortilib uyga kirdim,tinchlatib yuragimni.
Uy ichida odamlar,tinmay duolar o'qir,
O'rtadagi xonada,odamlar gavjum turar.

Qo'llarimda qaltiroq,xaqiqatdan qo'rqaman,
Ne bo'lganin tushunib,ichkariga kiraman.
Uyning bitta chetida,yuzida parda bilan,
Dadajonim jim yotar,oq kapanga o'ralgan.

Qaltirardi lablarim,tillarimda sado yo'q,
Qo'llarimni tekkazsam,dadam yuzlari sovuq.
Bag'rimga bosib olib,dodlar solib yig'ladim,
Osmonlarga baqirib,tushimdan uyg'onib kettim.!

Qarasam tushim ekan,hudoga shukur qildim,
Bir qultum suvni ichib,yana joyimga yotdim.
Qo'rqaman uyqum kelmas,bexosiyat tushni deb,
G'aflat bosib uxlabman,tongda ishga kech qolib.

Ertalab soat yetti,tushimga dadam kirdi,
Yana o'sha uyimiz,lek xotirjam tinch edi.
Uyda Onam-opam bor,yana akam va men bor,
O'tiribmiz gaplashib,kulishib chaq-chaqlashib.

Oilaviy suhbatdan,charchab juda xoribman,
Tushda ham bo'lar ekan,ko'z ilinib uxlabman.
Shu payt eshik ochilib,xovliqib dadam keldi,
Ichkariga kirmasdan,Bolam uyg'on tur dedi.

Xovliqib shosha-pisha,o'rnimdan turib kettim,
Alahsirab seskanib,atrofga nazar soldim.
Buncha uzun tun bo'ldi,bu soat nechchi bo'ldi,
Soatga ko'z tashlasam,soat yettidan oshdi.

Voy hudo ishga yana,kech qoladigan bo'libman,
Agar dadam uyg'otmasa,aniq ishdan ketibman.
Ishga bordim bosh garang,uyqu yaxshi bo'lmagan,
Negadir ko'nglim g'ashdek,axvolim yomon bo'lgan.

Bugun juma kunidir,ishlar ham tugab qoldi,
Uyda nima gap ekan,bilmadim ancha bo'ldi.
Qo'ng'iroq qilib sekin,bir amallab bog'landim,
Alo deya gap boshlab,so'zimga urg'u berdim.

Qo'ng'iroqni birinchi,opam oldilar sekin,
Opam bilan so'rashdimu,akam oldilar keyin.
Akam ham jim ne deyishni,bilmayin to'xtab qoldi,
Mana onam bilan gaplash,deya go'shakni berdi.

Alo salom oyijon,sog'-salomatmisiz,
Uydagilar aka-opalarim,hammangiz yaxshimisiz.
Dadam qaley sog'ayib,oyoqqa turdilarmi,
Nima gap nega jimsiz,oyijon gapirmaysiz.

Onam nima deyishni,bilmayin to'xtab qoldi,
Biroz gaplarimdan so'ng,onam menga gap ochdi.
Bolam o'zing qo'lga ol,bardam bo'l buyog'iga,
Dadangni berib qo'ydik,o'g'lim bandalikda.

O'zingni extiyot qilgin,har xolda uzoqdasan,
Ko'p o'ylab siqilmagin,bizlar bor yolg'izmassan.
Bolam nega jimsan gapir,alo-alo bolam der,
Men bu yoqda qotib qoldim,ko'zlarim tinmay yig'lar..!
Категория: SmS Achinarli voqealar | Просмотров: 982 | Добавил: МаФтУнИчКа | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
1 Qaysar_Qizaloq   (28.03.2014 21:59) [Материал]
yiglatvordlar km yozd