Juma, 29.03.2024, 20:06

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Fevral » 22 » OTAMGA.....
17:28
OTAMGA.....
Bir kam dunyodir but bo’lib qolmas

Kimgadir baxt kulib kimgadir kulmas

Goh shodlik gohi g’am hech kami to’lmas

Bir chimdim mehrni qizg’angan otam.

Gunohim bilmadim, bilmadim aybim

Bolalikdan tuydi armonni qalbim

Murg’akkina jonda Siz erur dardim

Ko’nglimga armonni to’ldirgan otam.

Ba’zilar farzandga zor-u intizor

Yig’lagim keladi ko’z yoshim bisyor

Sizni kechirmayman zinhor va zinhor

Mening ko’zlarimni yoshlatgan otam.

Lablarim titranib pichirlar “Yo Rab”

Ketdi-ku o’z qizin o’ksitib, xo’rlab

So’rayman o’zimga bardoshni tilab

Farzandim deyishni or bilgan otam.

Sizga yomonlikni tilamam also

Bir baxtimni ko’rib bo’lingiz ado

Gunohlar qolmaydi hech ham bejazo

O’zga bir ayolni yor bilgan otam.

Atrofimda barcha barcha parvona

Kimnidir izlaydi ko’zim giryona

Nahot etib ketdi meni begona

Tirik nomim tirkagan otam.

Onajonim aytar o’ksinma qizim

Mag’rur bo’b Xudodan so’ragin to’zim

Ko’nglimga jo qilgum ularning so’zin

Volidam ko’zlarin yoshlatgan otam.

Bir qatra mehrni ololmay Sizdan

Zo’z bazo’r tiyarman yoshlarni ko’zdan

Og’rinmang bu so’zdan, ojiza qizdan

Dunyoga nafratim uyg’otgan otam.
Категория: SmS Ibratli So'zlar | Просмотров: 1320 | Добавил: Jasmin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
1 Shaxnoza   (23.02.2014 16:55) [Материал]
Zo'r gap yo'q