Juma, 29.03.2024, 02:51

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Fevral » 21 » Ozbegim qizlariga hasad qilmang
08:25
Ozbegim qizlariga hasad qilmang
Kim qayerda bo'lsa ham yurtim bag'ri kengdir,
Qay millatu, qay shevada bari tengdir,
Deya ko'rmang: "Bir-biriga kim u, nengdir?"
Hasad qilmang Qirgiziston ozbek qizlariga,
Yulduz tugul oy chiqolmas tizlariga.

Avvalambor o'zingizga boqib ko'ring,
Ular kabi muxlislarga yoqib ko'ring,
Hayot mazmun-ma'nosini chaqib ko'ring,
Hasad qilmang uzbekona fm qizlariga,
Yulduz tugul oy chiqolmas tizlariga.

Gullamasmish bir umrga baxil bog'i,
Qor istarmish quyosh nurin sochar chog'i,
Tinch qo'yarmi ko'nglingizni qora dog'i,
Hasad qilmang ozbegim qizlariga,
Yulduz tugul oy chiqolmas tizlariga.

Shoxu gado barisidan davron o'tgan,
Bir quvongan yurakdan ming armon o'tgan,
Itlar qancha hurmasinlar, karvon o'tgan,
Hasad qilmang Radiomiz qizlariga
Yulduz tugul oy chiqolmas tizlariga.

Bilar-bilmas tuhmat qilmang hasad toshin,
Har kim o'zi topib yeydi yeyar oshin,
Rivoyat bor: yomon yermish o'zin boshin,
Hasad qilmang Yayra.ru sayiti qizlariga
Yulduz tugul oy chiqolmas tizlariga.
Категория: SmS Chiroyli So'zlar | Просмотров: 1003 | Добавил: Шахноза | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
1 Asaloy   (22.02.2014 23:38) [Материал]
Vawwe zor opa. Manga rosa yokdi