| Tashlab ketding sevgilim, Vasling kutganda ko`zim,
 Zorixsa xam senga dilim,
 Seni jondan sevaman.
 
 Ko`rolmayin endi seni,
 Sog`inib o`tda yonaman,
 Bilgin bir umr gulim,
 Seni jondan sevaman.
 
 Yodga olib endi faqat,
 Xotira ila qolaman,
 Nega senga aytmadim,
 Seni jondan sevaman.
 
 Qulog`imda jarang edi,
 Ko`zimda yoshlar edi
 Tilimda bir so`z edi
 Seni jondan sevaman.
 
 Kuylasa gar bulbullar,
 Kuyiga xavas qilaman,
 Bulbul guliga kuylar,
 Seni jondan sevaman.
 
 Eslolmay o`z ismimni
 Unutib qo`ydim dunyoni,
 Unutmadim bir so`zni,
 Seni jondan sevaman.
 
 Bo`ldim Armonga qarindosh,
 Bari bir isming aytaman
 Yolg`iz men bu dunyoda
 Seni Sevib qolaman.
 |