Seshanba, 23.04.2024, 12:06

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Mart » 12 » » Vijdonimga QuloqTutaymi Yoki Ko'nglimga
17:11
» Vijdonimga QuloqTutaymi Yoki Ko'nglimga
VIJDONIMGA QULOQ TUTAYMI
YOKI KO’NGLIMGA… Bir
vaqtlar
erim "AGAR BЕSHINCHI
FARZANDIMIZ HAM QIZ BO’LSA
TO’RT TOMONING QIBLA” deb
shart qo’ygandi. Uni gapiga
kirib
CHAQALOG’IMNI BIROVGA
BЕRIB
YUBORGANDIM. Endi esa...
Shifokor homilamning jinsi
qiz
bolaligini aniqlaganidan
keyin
kasalxona hovlisida yig’lab
o’tirsam, o’sha yerdagi
o’rindiqda o’tirgan juvon
yonimga kelib, ahvolimni
surishtirdi. Unga dardimni
aytgancha battar yig’lay
boshladim.
- Opajon, juda baxtli ayol
ekansiz. Qizmi-o’g’ilmi,
shuncha
farzandingiz bor ekan-ku.
Mana
men, erim bilan o’n besh
yildan
beri farzand kutamiz.
Tekshirtirmagan shifokorim,
tabibim qolmadi, - shunday
deb
u ham o’z dardini to’kib soldi.
Unga juda rahmim keldi.
Erim yana ichib kelib, janjal
ko’tardi. Qizlarimni olib, ota
uyimga ketib qoldim. Bir
haftadan keyin qaytib
kelsam
xayr-xo’sh demay,
allaqayoqlarga ishlashga
ketib
qolibdi. Shu tobda erimdan
shunchalar nafratlanardimki,
beshinchi farzandimni
kutayotganimdan juda
afsusda
edim. Navbatdagi shifokor
ko’rigiga borganimda yana
o’sha
juvonni uchratib qoldim.
Unga
erimning nomardlarcha
tashlab
ketganini, bolani dunyoga
keltirsam qiynalib qolishimni
aytdim.
- Opajon, mening hamma
narsam yetarli, hech nimadan
kamim yo’q, faqat bitta
tirnoqqa
zorman. Baribir siz mendan
ko’ra baxtlisiz, - deb
ko’nglimni
ko’tardi. Qarasam chehrasi
yoqimtoy, kiyimlaridan ziyoli
ayolga o’xshayapti. Gap-
so’zlari
ham ma’noli. O’n besh yildan
beri er-xotin bir-birini ayab
yashashyaptimi, demak
iymonli
odamlar ekan, degan fikr
o’tdi
ko’nglimdan.
- Mabodo birontasi
chaqalog’ini
bersa asrab olarmidingiz? –
deb
so’radim.
- Qaniydi opajon, kim menga
bolasini berardi, - dedi u xafa
bo’lib.
Unga chaqalog’imni
berishimni
aytdim. Avvaliga hayron
bo’lib
turdida, so’ng suyunganicha
meni quchoqlab oldi.
- Opajon, sizga va’da
beraman.
Biz qiyomatli opa-singil
bo’lamiz.
Chaqalog’ingizni o’z
bolamdek
parvarishlayman, unga
jonimni
beraman!-dedi.
Biz hammasini rejalashtirib,
kelishib oldik. Oy kunim
yetganida qizim dunyoga
keldi.
Yaqinlarimga chaqalog’im
tug’ruqdan keyin nobud
bo’ldi
deb ishontirdim. Oradan uch
yil
vaqt o’tdi. Bu yillar ichida
qizlarimni bog’cha-
maktabiga
joylashtirdim. O’zim bozorda
savdo bilan shug’ullanib,
kunimni ko’ra boshladim. Bir
kuni erim qaytib keldi. U olis
yurtlarda juda qiynalibdi.
Ishlab
topgan pulini oldirib qo’yib,
necha kunlab och-nahor
qolib
ketgan vaqtlari bo’libdi.
- Onasi, men senga juda ko’p
ozor bergandim.
Farzandlarim
Allohning menga berilgan
ne’matlari ekan, men esa
noshukurlik qilibman.
Shuning
uchun jazoimni tortdim.
Musofir
yurtlarda ko’rganlarim
mendek
gunohkor uchun oz,
chaqalog’imizning nobud
bo’lishiga men aybdorman, -
dedi u yig’lagancha.
Hali ham erimda alamim bor
edi.
- Afsuski ko’zingiz kech
ochilibdi.
Farzandimiz o’lmagan,
sizning
noshukurligingiz tufayli o’z
bolamni birovlarga berib
yubordim. Bolamdan
tiriklayin
ayrilishimga siz sababchisiz,
-
deb bor alamimni to’kib
soldim. Hazon.ru saytidan
olingan. U gaplarimni eshitib
karaxt
bo’lib qoldi.
- Nimalar deyapsan?
Arzimagan
gaplarni deb o’z bolangni
birovlarga berib
yuboraverdingmi?! Yur,
hoziroq
borib uni qaytarib olamiz, -
deb
oyoq tirab oldi.
Men esa bolamni qanchalik
sog’inmay, erimning talabiga
ko’nmadim. Qay yuz bilan,
tug’ilgan kunidanoq unga
onalik,
otalik qilayotgan yaxshi
odamlar
oldiga borib bolamni
qaytarib
beringlar deyman. Axir
bolam
ham uch yoshga to’lib, ularni
o’z
ota-onasi deb o’rgangan
bo’lsa.
Buning ustiga bolalarim bilan
qiynalib qolganimda juda
ko’p
yaxshiliklar qilishgandi.
Qizim
haqidagi haqiqatni
bilganidan
beri turmush o’rtog’imning
yegani ichiga tushmayapti,
kechalari uxlolmay yurib
chiqadi.
Fikri-xayoli qizimizni qanday
qilib qaytarib olishda. Men
esa
ikki yo’l o’rtasida qolganman.
Erimning ko’ngliga qarasam
nafaqat qizimning ota-onasi,
o’zi
ham aziyat chekishi mumkin.
Vijdonim qiynalyapti. Lekin
yuragim "bolam” deb
uryapti. Nima qilay,
vijdonimga quloq
tutaymi yoki ko’nglimga?
Maslahat bering azizlar...
Категория: SmS Sevgi Voqealari | Просмотров: 972 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 3
1 SHoX-uZ   (12.03.2014 22:55) [Материал]
Ex estikina man ojizman