Juma, 26.04.2024, 20:41

Приветствую Вас Mehmon | RSS

Главная » 2014 » Mart » 12 » » Xaqiqiy do'st!
17:16
» Xaqiqiy do'st!
"Salom og'ayni, yaxshimisan?"
*Yaxshi, xursand körinasan
bugun?* "Ha, yaxshi yangilik
bor". *Menda ham, qani avval sen
gapirchi*. "Men sevib qoldim".
*Zörku! Kim ekan döstimning
yuragidan urgan ösha
sohibjamol?* "Sen uni taniysan.
Shirin borku institutdagi". Kimdir
boshimdan bir chelak muzdek
suv ag'dargandek böldi. Shirin?
Nega aynan u? Axir men u b-n...
Men ham hozir uni sevishimni
aytmoqchiydimku. "Nega
indamaysan, hayron
bölyapsanmi?" *...xm, u...yaxshi
qiz*. "Endi sen gapir, qanaqa
yangilik aytmoqchiyding, yoki
sen ham sevib qoldingmi?" *Yöq,
qöyaver, bugunga shu yangilik
yetadi. Yur sevib qolganiningni
nishonlaymiz*. Shirin juda
chiroyli qiz. Men ham uni bir
körishda sevib qolgandim. Keyin
unga sevgi izhor qildim. U ham
meni haydamadi. Tez-tez
uchrashib turardik. Döstimga bu
haqda aytmagandim. U bölsa bir
yöla sevib qolishga ulguribdi
Shirinni. Ikki öt orasida qolish
azobini boshidan ötkazgan
biladi.
Na uyqumda xalovat qoldi, na
yeyishimda. Döstim juda oqibatli
yigit, u Shirinsiz yasholmasligini
aytdi. Menchi? Men usiz yashay
olarmikinman? Sönggi vaqtlarda
Shirindan özimni olib qochdim.
Döstim esa unga sevishini
bildirdi. Shirin mendan izoh talab
qilardi.Bora-bora butunlay
Shirindan uzoqlashib ketdim. U
köp marta tel qildi, yig'ladi. Men
esa unga sevmasligimni,
hammasini unutish kerakligini
aytdim. Özimdan ötganini özim
bilaman. Usiz hayotimda
mazmun qolmadi... Öqishni
tugatdik. Döstimning sovchilari
nihoyat rozilik oldi. Ularning
töylari belgilandi. Ichimni
ta'riflab bölmaydigan olov
kuydirardi. Bugun ularning töyi.
Bazmgohda hammaning nigohi
döstim va oppoq kiyimda xuddi
farishtalarga öxshab qolgan
Shirinda. Men taqdirga tan
bergan oshig'u sadoqatli döst
sifatida ularni tabriklash u-n
yonlariga bordim. Döstimni
quchdim. *Baxtli bölinglar!*
Ovozim titradi. Ortga qaytar
ekanman, sönggi bor Shiringa
qaradim. Uning közlari yoshga
töla edi.
Категория: SmS Do'stlik | Просмотров: 1283 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 4
1 SHoX-uZ   (12.03.2014 22:28) [Материал]
Bir sof dost bolsa jonimni berardim